Alisher Navoiy ruboiylari - ma'noli, ibratli va mashhur ruboiylar to'plami

Alisher Navoiy ruboiylari – ma’noli, ibratli va mashhur ruboiylar to’plami

Alisher Navoiy ruboiylari - ma'noli, ibratli va mashhur ruboiylar to'plami

Alisher Navoiy ruboiylari.

Alisher Navoiy ruboiylari o‘zbek mumtoz adabiyotining bebaho durdonalaridan biri bo‘lib, ularda hayot falsafasi, insoniy fazilatlar, muhabbat, sabr, adolat va ma’naviyat chuqur ifodalangan. Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ruboiylari orqali qisqa, ammo mazmunan boy satrlarda o‘quvchini tafakkurga chorlaydi. Ushbu sahifada Alisher Navoiy ruboiylari to‘liq matni, mashhur ruboiylar va ularning ma’nosi bilan tanishishingiz mumkin. Mazkur ruboiylar nafaqat adabiyot ixlosmandlari, balki ma’naviy ozuqa izlovchilar uchun ham katta ahamiyatga ega.

Gar oshiq esang.

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu dafiga davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan gayri rizo qilma havas.

ZOHID SENGA…

Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bulsun, manga — maykhona kerak.
Maykhona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bulsa tula, yona kerak.

UMRI AZIZ

Jondin seni kup sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas,
Ondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.

KhUShLUQ

Kim kurdi ekin jahonda oyo khushluq,
To bir kishi aylagay tamanno khushluq.
Yuz yilda agar bir ulsa paydo khushluq,
Omodadur yonida yuz nokhushluq.

Til haqida hikmatli so’zlar

JONIMDAGI «JIM»

Jonimdagi “jim” ikki dolingga fido,
Andin sung “alif” toza niholingga fido,
Nuni dogi anbarin hilolingga fido,
Qolgon iki nuqta ikki kholingga fido.

BORMOGIN

Necha dedim ul sanamga: Bormogin!
Qilmadi ul tark okhir bormogin;
Munchakim khudroyliq kurguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmogin.

OLMANGIZ

Pardani rukhsorasidan olmangiz,
Hohaq ulturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristonga sunsa ilgini,
Aytur: — Ul tursun, amonat, olmangiz!

OLMANI OTTI NIGORIM

Olmani otti nigorim, «ol», — dedi
«Olma birla bu kungilni ol», — dedi
Sursam ersa olamsini rangini
«Olma rangin ne surursan, ol», — dedi

G’URBATDA G’ARIB…

Gurbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiku, mehribon bulmas emish.
Gar oltin kafas uchra kizilgul bitsa,
Bulbulga tikondek oshion bulmas emish.

KO’Z BIRLA QOSHING YAXSHI

Ko’z birla qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz birla so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog’ing yaxshi.

UMRI AZIZ

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

XUSHLUQ .

Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

JONIMDAGI «JIM»

Jonimdagi ‘jim’ ikki dolingg’a fido,
Andin so’ng ‘alif’ toza niholingg’a fido,
‘Nuni’ dog’I anbarin hilolingg’a fido,
Qolg’on iki nuqta ikki xolingg’a fido.

Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonidan olgan taassurotim

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top