Akademik litseylarga kirish uchun ariza yuborish yo'riqnomasi

Akademik litseylarga kirish uchun ariza yuborish yo’riqnomasi

Akademik litseylarga kirish uchun ariza yuborish yo’riqnomasi.

Akademik litseylarga kirish uchun ariza yuborish.

2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Bunda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlari— fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda quyidagilarni belgilaydi:

oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishi.

Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

 Qabul jarayonlari 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Abituriyent 2025 yangiliklari>>

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top