Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tashkil etilgan filiallari to‘g‘risida ma’lumot.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.
2025/2026-oʻquv yilida:
Buxoro filiali |
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-,8-, 9-sinflariga |
|---|---|
Xorazm filiali |
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-,8-, 9-, 10-sinflariga |
Fargʻona filiali |
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-,8-, 9-sinflariga |
Jizzax filiali |
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga |
Sirdaryo filiali |
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga |
Oʻquvchilar faqat aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
Mazkur maktablarda oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar oʻzlari taʼlim oladigan maktabi joylashgan hudud boʻyicha joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar hujjatlarini faqat ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali topshirishlari mumkin.
Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilari hujjat topshirishlari mumkin.
Shunga koʻra, talabgor oʻquvchi faqatgina oʻzi taʼlim oladigan maktabi joylashgan hududdagi yoki Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining biriga hujjat topshirishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining filiallari Respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oʻtgan oʻquv yilida mazkur maktabning Nukus, Andijon, Samarqand shaharlarida filillari tashkil etilgan edi.
piima.uz saytidan olindi.








