Kelajak soati 3-hafta mavzu Yangi O‘zbekiston kichik loyiha-taqdimoti

Kelajak soati 3-hafta mavzu Yangi O‘zbekiston kichik loyiha-taqdimoti

Kelajak soati 3-hafta. Vatanimning go‘zal joylari, “Yangi O‘zbekiston” kichik loyiha-taqdimoti, Loyiha ishi: “Yagona Vatan – yagona xalq” kabi mavzulardan iborat. Shular haqida to’liq ma’lumotlar berib boriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun materiallar.

Mashg‘ulotning maqsadi Ta’limiy maqsad: Tarbiyalanuvchilarning O‘zbekistonning go‘zal tabiati, shaharlari, bog‘lari va boshqa maskanlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, o‘zlari bilgan yoki ko‘rgan joylarni tanib olish va nomlashga yo‘naltirish.

Tarbiyaviy maqsad: Bolalarda Vatan tabiatiga va go‘zal maskanlariga mehr, ularni asrash, ozoda saqlash va qadrlash tuyg‘ularini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Kuzatish, tanlash, tasavvur qilish, ijodiy fikrlash, guruhda hamkorlik qilish va tayyor ishni yoshiga mos ravishda izohlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kutilayotgan natijalar O‘zbekistonning ayrim go‘zal joylari va tabiat manzaralarini taniydi va nomlaydi; Vatan go‘zalligini rasm, applikatsiya, plakat yoki kollaj orqali ifodalaydi; kichik guruhda hamkorlikda umumiy ijodiy ish yaratishda ishtirok etadi; o‘z bajargan qismini yoshiga mos ravishda ko‘rsatadi va qisqacha izohlaydi; tabiat va go‘zal maskanlarni asrash zarurligini sodda xatti-harakatlar bilan bog‘laydi.

Yuklab olish : 3-hafta. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun materiallar

Telegramdan yuklab olish :  o’tish

1-4 sinf uchun materiallar.

Mashg‘ulot maqsadi : Oʻquvchilarning Oʻzbekistonning goʻzal joylari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, oʻzlari bilgan yoki koʻrgan goʻzal maskanlar haqida fikr yuritishga yoʻnaltirish.
Tarbiyaviy : Oʻquvchilarda Vatan tabiati va goʻzal maskanlariga mehr, ularni asrash va qadrlash tuygʻularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi : Oʻquvchilarning kuzatish, tasavvur qilish, ijodiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va oʻz ishini ogʻzaki taqdim etish koʻnikmalarini rivojlantirish.

Yuklab olsih : 3-hafta. 1-4 sinf uchun materiallar vatanimning go’zal joylari

Telegramdan yuklab olish :  o’tish

Tavsiya etamiz : Kelajak soati boshqa mavzular

5-8 sinf uchun materiallar.

Maqsad va kutilayotgan natijalar.
Ta’limiy: mustaqillik yillaridagi yutuqlarni sohalar (ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat, texnologiya, ekologiya) bo‘yicha tizimlashtirish;
Tarbiyaviy: jamoada ishlash, umumiy natija uchun mas’uliyatni his qilish;
Rivojlantiruvchi: ma’lumotni tanlash, tizimlashtirish va taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Yuklab olish : 3-hafta. “Yangi O‘zbekiston” kichik loyiha-taqdimoti 5-8 sinf

Telegramdan yuklab olish :  o’tish

9-11 sinf uchun materiallar.

Mashg‘ulotning maqsadi : O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turliy millat va elat vakillarining yagona maqsad yo‘lida birlashgani, o‘zaro ahilligi, do‘stligi va bag‘rikenglik muhitini chuqur anglatish; o‘quvchilarda milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va yurtimizdagi tinchlik hamda osoyishtalikni qadrlash hissini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Mazkur loyiha yakunida o‘quvchilar mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi siyosatning mazmunini chuqur anglab yetadilar va mustaqil ravishda axborot izlash, manbalar bilan ishlash hamda so‘rovnomalar o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shuningdek, ular jamoada hamjihatlikda ishlash, o‘z fikrini erkin bayon etish va ommaviy axborot vositalari yoki sinf oldida taqdimot qilish malakasini oshiradilar. Eng asosiysi, o‘quvchilarning qalbida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” degan tushuncha yanada mustahkamlanib, yurtimizda yashovchi turli millat vakillarining urf-odatlari va qadriyatlariga hurmat hissi kuchayadi hamda ularda yot g‘oyalarga qarshi sog‘lom ma’naviy immunitet shakllanadi. Kelajak soati 3-hafta.

Yuklab olish  : 3-hafta. 9-11 sinf uchun materiallar Loyiha ishi “Yagona Vatan – yagona xalq”

Telegramdan yuklab olish :  o’tish

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top