Kelajak soati 1-mavzu bo’yicha 2-hafta mavzulari. Vatan qayerdan boshlanadi, Oilada: Mening oilam – Vatanimning bir bo‘lagi mavzusida muhokama, Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari muhokamasi mavzulari.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun materiallar.
Ta’limiy maqsad: Tarbiyalanuvchilarda Vatan tushunchasining oila, uy, bog‘cha, mahalla va yaqin insonlar bilan bog‘liqligi haqida yoshiga mos boshlang‘ich tasavvurlarni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarda oilaga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlariga g‘amxo‘rlik, uy va atrof-muhitni asrash orqali Vatanga mehr ko‘rsatish tuyg‘usini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Oilada eshitganlarini eslash va gapirib berish, savollarga javob berish, boshqalarni tinglash, o‘z fikrini rasm, so‘z va sodda amaliy faoliyat orqali ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Yuklab olish : 2-hafta.Maktabgacha talim tashkiloti uchun materiallar
Telegramdan ham yuklab oling. O’tish
1-4 sinflar uchun.
TAʼLIMIY Oʻquvchilarga Vatan tushunchasining insonning oilasi, uyi, mahallasi va yaqinlari bilan bogʻliqligini tushuntirish.
>TARBIYAVIY Oʻquvchilarda oilaga mehr, yaqinlarga hurmat, uy va mahallaga gʻamxoʻrlik qilish, Vatanga sadoqat tuygʻularini shakllantirish.
>RIVOJLANTIRUVCHI
Oila suhbatidan olingan xulosalarni eslash, oʻz fikrini sodda va aniq ifodalash, boshqalarning fikrini tinglash va umumiy xulosa chiqarish koʻnikmalarini rivojlantirish.
Yuklab olish : 2-hafta. 1-4 sinf uchun materiallar
Telegramdan ham yuklab oling. O’tish
5-8-sinflar uchun
Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari muhokamasi.
Ta’limiy: Mustaqillik, tinchlik va birdamlik tushunchalarining mazmuni hamda o‘zaro bog‘liqligini anglash, mustaqillik yaratgan imkoniyatlarni hayotiy misollar asosida aniqlash;
Tarbiyaviy: Vatanga sadoqat, tinchlik va millatlararo totuvlikni qadrlash, jamoada hamkorlik qilish va kelajak uchun shaxsiy mas’uliyatni his qilish;
Rivojlantiruvchi: Mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon etish, turli vaziyatlarni tahlil qilish, xulosa chiqarish va o‘z kelajagi bilan bog‘liq shaxsiy maqsadlarni belgilash
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Yuklab olish : 2-hafta. 5-8 sinf uchun materiallar
Telegramdan ham yuklab oling. O’tish
9-11 sinflar uchun.
Oilada: Mening oilam – Vatanimning bir bo‘lagi mavzusida muhokama
Maqsadi O‘quvchilarda oila va Vatan tushunchalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglatish, har bir oilaning yutuqlari butun jamiyat va Vatan ravnaqiga xizmat qilishini tushuntirish hamda tanqidiy mushohada yuritish, o‘z fikrini dalillar bilan asoslash va munozara madaniyatini shakllantirish.
Kutilayotgan natija.
>Ushbu munozarali-muhokamali mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar oila jamiyat hamda davlatning ajralmas poydevori ekanligini chuqur anglab, oilaviy mas’uliyat va vatanparvarlik tushunchalarining uzviy bog‘liqligini tahlil qilishni o‘rganadilar. o‘z fikrlarini mustaqil va asosli ravishda bayon etish, o‘zgalar qarashlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda sog‘lom bahs-munozara olib borish ko‘nikmalarini shakllantiradilar; shuningdek, shaxsiy va oilaviy qadriyatlarning Vatan ravnaqi hamda tinchligiga qo‘shadigan hissasini his etib, oila farovonligi
jamiyat taraqqiyotining asosiy omili degan yaxlit xulosaga keladilar.
Yuklab olish : 2-hafta 9-11 sinf uchun materiallar
Tavsiya etamiz : Kelajak soati barcha mavzulari








