Kelajak soati 13-hafta mavzusi Mustaqilligimiz timsollari – milliy g‘urur va o‘zligimiz haqida.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun materiallar.
Maqsad. Ta’limiy: oy davomida o‘rganganlarini (ranglar, tartib, yarim oy, yulduzchalar) ijodiy ishda qo‘llash. Tarbiyaviy: faxr tuyg‘usi, o‘z va o‘zgalar mehnatini qadrlash. Rivojlantiruvchi: qo‘l motorikasi, mustaqil tanlash, o‘z ishini taqdim etish.
Yuklab olish : Bu-mening Vatanim bayrog’i!
1-4 sinf uchun materiallar.
Mashgʻulotning maqsadi
• Oʻtgan uch hafta davomida oʻrganilgan bayroq, gerb va madhiya haqidagi bilimlarni yaxlit tizimga birlashtirish;
• Oʻquvchilarda davlat ramzlariga hurmatni ifodalovchi qoidalarni guruhda ishlab chiqish koʻnikmasini shakllantirish;
• Hurmatsizlik yoki ehtiyotsizlik bilan bogʻliq sodda hayotiy vaziyatlarni tahlil qilib, toʻgʻri xatti-harakatni tanlashga oʻrgatish;
• Sinf uchun umumiy “Ramzlarni hurmat qilamiz!” qoidalar kartasini yaratish orqali jamoaviy masʼuliyatni tarbiyalash;
• Ramzlarga hurmatni aniq, kundalik xatti-harakatlarga aylantirish odatini shakllantirish.
Yuklab olish : Men ramzlarni hurmat qilaman
5-8 sinf uchun materiallar.
Ta’limiy: oy davomida Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida o‘rganilgan bilim va tuyg‘ularni yakunlash va umumlashtirish;
Tarbiyaviy: davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va Vatanga daxldorlik tuyg‘ularini ongli ravishda ifodalash;
Rivojlantiruvchi: fikrni esse janrida izchil, dalillar bilan va samimiy bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.
Yuklab olish : Vatanimning uch timsoli
Esse ko’rish : Vatanining uch timsoli insho
Telegramdan yuklab olish : o’tish
9-11 sinf uchun materiallar.
Mashg‘ulotning maqsadi . O‘quvchilarda O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari orqali xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, mustaqilligi va ma’naviy merosini anglash, tarixiy voqealar va ramziy ifodalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish hamda o‘z fikrlarini qisqa esse shaklida mustaqil, mantiqiy va ijodiy bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Ularda milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash.
Yuklab olish : Timsollarda aks etgan buyuk tarix!
Tavsiya etamiz : Timsollarda aks etgan buyuk tarix.
Tavsiya etamiz : Kelajak soati mavzular ro’yxati.
Telegramdan yuklab olish : o’tish








