Qonunga hurmat — xavfsiz va baxtli hayot garovi. Qonun — davlat va jamiyat hayotining asosiy tayanchi. Har bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va tartibni ta’minlash qonunlarning asosiy vazifasidir. Shuning uchun qonunga hurmatlar bilan munosabatda bo’lish har bir fuqaroning muhim burchidir.
Qonunlarga rioya qilish orqali biz o’z huquqlarimizni himoya qilamiz va boshqalarning huquqlarini ham hurmat qilamiz. Masalan, yo’l harakati qoidalariga amal qilish, jamoat joylarida tartibni saqlash, kattalarni hurmat qilish va boshqalarga ozor bermaslik qonunga hurmatning kundalik hayotimizdagi ko’rinishlaridir.
Qonun ustuvor bo’lgan jamiyatda insonlar o’zlarini xavfsiz his qiladilar. Bunday jamiyatda adolat qaror topadi, jinoyatchilik kamayadi, yoshlar bilim olish va o’z kelajagini yaratish uchun keng imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Qonunlarga hurmat oilada, maktabda va mahallada tarbiyalanadi. Ayniqsa, yosh avlod qonunlarni bilishi va ularga amal qilishi zarur.
Men ham kelajakda qonunlarga rioya qiladigan, o’z huquq va burchlarini yaxshi biladigan, Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan inson bo’lishni istayman. Chunki qonunga hurmat — o’zimizga, atrofimizdagi insonlarga va Vatanimizga bo’lgan hurmatdir.
Xulosa qilib aytganda, qonunga hurmat — tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlik va baxtli hayot garovidir. Har birimiz qonunlarga amal qilsak, jamiyatimiz yanada obod, hayotimiz esa farovon bo’ladi.
Tavsiya etamiz : Boshqa insholar to’plami.








