Kelajak soati 10 mavzu Davlatimiz ramzlari Mustaqilligimiz timsollari

Kelajak soati 10 mavzu Mustaqilligimiz timsollari – milliy g‘urur va o‘zligimiz!, Davlat ramzlari — g‘ururimiz, o‘zligimiz, ildizimiz!, Davlat ramzlari – mustaqilligimiz gʻururi!, Kichik yurakda katta Vatan mehri.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun materiallar.

Kichik yurakda katta Vatan mehri. Bilish bosqichi – kontent bilan tanishish. Bolalar ikki videokontent orqali bayroqdagi ranglar, yarim oy va yulduzchalar bilan tanishadi hamda yaxshi ishlar bilan bayroqni “baland ko‘tarish” g‘oyasini tushunadi.
Maqsad. Ta’limiy: bayroq ranglarini nomlash va ularni tabiatdagi narsalar bilan bog‘lash. Tarbiyaviy: bayroqqa hurmat va faxr tuyg‘usini uyg‘otish. Rivojlantiruvchi: kuzatish, eslab qolish, savolga javob berish.

1-4 sinf uchun materiallar.

Davlat ramzlari – mustaqilligimiz gʻururi!
  • Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi – mamlakatimizning mustaqilligi, xalqimizning tarixi, milliy qadriyatlari va ezgu intilishlarini ifodalovchi muhim davlat ramzlari ekanligi haqida yoshga mos tushuncha berish;
  • Davlat bayrogʻidagi ranglar, yarim oy va yulduzlarning mazmuni, Davlat gerbidagi Humo qushi, quyosh, togʻlar, daryolar, bugʻdoy boshoqlari va gʻoʻza shoxlari kabi timsollar bilan tanishtirish hamda ularning Vatanimiz haqidagi ramziy maʼnosini sodda misollar orqali tushuntirish;

Yuklab olish : Davlat ramzlari – mustaqilligimiz gʻururi!

5-8 sinf uchun materiallar.

Davlat ramzlari — g‘ururimiz, o‘zligimiz, ildizimiz! Mashg‘ulotning maqsadi
O‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning milliy o‘zligi va tarixiy xotirasini ifodalovchi davlat ramzlari ekanini tushuntirish; mavzuga doir videokontent asosida ramzlarning mazmuni va davlat hayotidagi o‘rni haqida dastlabki tasavvur hosil qilish; “Davlat ramzlarini hurmat qilish — Vatanga hurmat” degan tushunchani shakllantirish; videokontentni diqqat bilan ko‘rish, tahlil qilish va o‘z nuqtayi nazarini asoslab bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

9-11 sinf uchun materiallar.

O‘quvchilarda O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari – bayroq, gerb va madhiyaning tarixiy, huquqiy hamda ma’naviy ahamiyati haqidagi bilimlarni mustahkamlash, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini rivojlantirish. Mustaqillik timsollarini qadrlashni kundalik hayotdagi bilim olish, halol mehnat va Vatan ravnaqiga hissa qo‘shish bilan bog‘lash.

Yuklab olish : Mustaqilligimiz timsollari – milliy g‘urur va o‘zligimiz!

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top