Konstitutsiya haqida sherlar

Konstitutsiya haqida sherlar

Konstitutsiya haqida sherlar. Ushbu maqolada Konstitutsiya haqida sherlarni joylashtirdik. Qisqa sherlar qomusimiz haqida sherlar.

Konstitutsiya kitobi.

Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!

Qomusim baxtim.

Mening suyangan tog‘im,
Yo‘l ko‘rsatar mayog‘im,
Gullagay chaman bog‘im,
Qomusim bor, baxtim bor.

Konstitutsiya inson xizmatida.

Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.

Nodir qomusimiz.

Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

Konstitutsiya – baxtim.

Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?

Konstitutsiya oliy qomusim.

Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam — oliy Qomusim.
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam — oliy Qomusim.

Bosh qomusim.

Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!

Buni ham o’qing : Kons haqida sherlar
Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top