Sahifamizda Kuz fasli haqida sherlar, bolalar uchun she’rlar to’plamini topishingiz mumkin.
Kuz fasli haqida sherlar.
Kuz – tabiatning eng go‘zal fasllaridan biri. Sariq va qizil ranglarga burkangan daraxtlar, mayin shamol va oltin barglar inson qalbida sokinlik uyg‘otadi. Shu sababdan ham ko‘plab shoirlar kuzni ilhom manbai deb atashadi. Quyidagi she’rlar ham kuzning betakror go‘zalligi va sehrini ifodalaydi.
Kuz fasli.
Tut daraxti yoz bo’yi,
Yana qaytgan asliga .
Baxorda ipak qurti ,
Tashna bo’lar bargiga .
Yozda men ko’rgan qushlar,
Janub tomon ketibdi .
Kuz fasli demak dostlar,
O’lkamizga kelibdi .
Kuz fasli haqida sherlar bolalar uchun.
Tog’da dalada,
Ushbu pallada
Ish qizur hanus,
Qaysi fasil bu? Kuz!
Bulut osmonda,
Hosil xirmonda.
Ko’rsatmoqda yuz,
Qaysi fasil bu?
Oltin kuz haqida she’r.
Kechagina yoz edi,
Endi bo‘lsa kuz.
Xohla, bog‘da uzum ye,
Xohla, anor uz.
Yozi bo‘yi irmoqdan
Chiqmagan suvo‘t
Bugun ko’kdan suv kutar
Ko‘zi bo‘lib to‘rt
Shukuh kezar havoda
Tonggi pallalar.
Qaymoq to‘la kosaga
0 ‘xshar dalalar.
0 ‘qish, ishga kuzatib
Oltin kuz bizni,
Kiydirtirar erinmay
Kamzulimizni…
Turnalar.
Kuz keldi, o’xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning «qur-quri»
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to’planib
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o’lkani
Ko’zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib
Ilg’ab oldim bir ma’ni:
Yurt mehri turnalarni
Qo’yvormasdi ketgani
Oltin kuz.
Saratonning tafti yo’q,
Quyosh boqar olisdan.
Ajib bir is taralar
Hov, qirdagi polizdan.
Daraxt bargi tillarang,
Mevalardan tomar bol.
Dalalarga bir qarang,
Oq gullardan chamanzor.
Sunbulaning suvlari
Shishadan ham tiniqroq.
Uchib borar turnalar,
Ko’kda solib arg’imchoq.
Yig’im-terim avjuda,
Bir dam qolmas to’xtalib.
Hademay qish yo’rg’alar
Oq ko’rpasin ko’tarib.
Oltin kuz hosili.
Tongda turib bog’ga kirdim,
Miltillar qirov.
Go’yo tunda ko’kdan shakar
Sepgandek birov.
Erta bahor ekkan edim
O’n besh tup ko’chat.
Bargin to’kib, yosh novdasi
Qolibdi faqat.
Yozning issiq kunlarida
Beribdi bardosh.
Agar qishda childam bersa,
To’ladi bir yosh.
Uch yil o’tgach, deyman
– Do’stlar
Bog’ga marhamat!
Qaytar chog’i meva tutay,
To’ldirib savat.
Kuz
Yana xazonrezgilik,
Barglar rangi siniqdi .
Dilda xokim ezgulik,
Anxorda suv tiniqdi .
Oq yaktakli qayinlar,
Taqdi yana raz baldoq.
Qushlarga gap tayinlab ,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq .
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayirlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar.
Kuz tuni.
Sukunat, sukunat, sukunat…
Na gʼam bor, na tashvish, na alam.
Na wuvonch, na shodlik, na sevinch,
Аstagina tebranar qalam.
Tin olar borlik tun bagrida,
Boʼlgan barcha-barchasi unut.
Bargin tukib sovuq zaxridan,
Daraxt xam jim, saqlaydi sukut.
Yerga toʼshalgan sariq gilam.
Daydi shamol dastidan toʼzgʼir.
Unutilgan quvonch-u, alam,
Tong otgach boz uyma-uy izg‘ir.
Kuz isi.
Boqsam daraxt, o‘tloqqa, qirga,
Kuz aksini ko‘raman faqat.
Kuzning uzgan barglari yerga,
To‘kiladi qavatma-qavat.
Issiqsevar qushlar o‘zicha,
«Yoqtirishmas» iqlimni endi.
Faqat qarg‘a, chumchuq. musicha,
«Bir amallab» yashashga «ko‘ndi».
Qalinlashdi kiyimlar bir oz,
Ayab sochar nurlarin quyosh.
Mexmon bo‘lar yomg‘ir xam tez-tez,
Qishligini g‘amlar qari-yosh.
O‘t-o‘lanu, dov-daraxtlarni,
Barchasin kuz sariqqa belar,
Bitta-bitta uzar barglarni,
Nafas olsak, kuz isi kelar!
Oltin kuz keldi.
Mevalarni,
Shakar etding,
Yaproqlarni,
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.
Oltin kuz haqida ruscha sherlar.
Между елок , между сосен
Осторожно бродит осень .
Осень – рижая лиса –
Красит в рыжний цвет леса.
Но зеленого убора
Не покрасить ей у бора:
Для лисы остры и колки
Леса хвойные иголки.
Листопад
Листопад,
Листопад!
Птицы жёлтые летят…
Может, и не птицы это
Собрались в далёкий путь?
Может, это
Просто лето
Улетает отдохнуть?
Отдохнёт,
Сил наберётся
И обратно к нам
Вернётся.
Ходит осень по дорожкe
(В. Авдиенко)
Ходит осень по дорожке,
Промочила в лужах ножки.
Льют дожди,
И нет просвета,
Затерялось где-то лето.
Ходит осень, бродит осень,
Ветер с клёна листья сбросил.
Под ногами коврик новый,
Жёлто-розовый кленовый.
ОСЕНЬ
Между елок , между сосен
Осторожно бродит осень .
Осень – рижая лиса –
Красит в рыжний цвет леса.
Но зеленого убора
Не покрасить ей у бора:
Для лисы остры и колки
Леса хвойные иголки.









