Vatan haqida sher

Vatan haqida sher

Vatan haqida sher.

Dem o’qôlimdadir mening imkonim
Dema olislarda sening osmoning
Doim qóllar meni Ózbekistonim

Aytib bersam agar ajdodlarimni
Dema qani ular òtmishda qoldi
Kimligin unutma unday insonni
Men ham avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk Ózbekistonni

Kóp kerilma dôstim sen yoshsan dema
Òzbek yosh bólsaham dunyo taniydi
Ózingni bil mening ģamimni yema
Menga doim havas qilsang arziydi

Tarixga boq biroz ortinga qara
Ôtib ketdi qancha kóksin kerganlar
Asl haqiqatni sen mendan sóra
Sen turgan yurtniham Bobom qurganlar

Hech qachon sen mendan ojizsan dema
Bilgin kam emasman hech bir kimsadan
Dunyoga zórman deb kôksingni kerma
Balki kuchlidirman senga nisbatan

Axir avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk Ózbekistonni.

Vatan haqida she’rlar.

Orzu qilma koshona
Boylik uchun tókma qon
Axir vatan yagona
Vatan deya bergin jon

Pul deb bõlma jon sarak
Risqingni berar xudo
Nokaslarga qoshilib
Bõlmagin vatan gado

Nokaslar yurtin sotar
Qalblarni qayğu õrtar
El yurt qarğishin olib
Bir kun dõzoxga yotar

Vatanni xoyinlari
Yurtini sotgan ular
El yurt qarğishin olib
Balchiqqa botgan ular

Doim duoga ona
Ayon xudoga ona
Yurtim tinch bõlsin deya
Boqar samoga ona

Sen õzingni anglagin
Bõldi qayt bu yõlingdan
Shu vatanda ilk bora
Onang tutgan qõlingdan

Pulning quli bõlmagin
Õz õzinga oxshagin
Sen õzbeksan doimo
Beklardayin yashagin

Õzgalarga boqmagin
Yurting tashlab ketmagin
Pul deb ota onangni
Kõnglin ğashlab ketmagim

Doim duoga ona
Ayon xudoga ona
Yurtim tinch bõlsin deya
Boqar samoga ona.

Ertasi bor.

Butun dunyo havas qilar Özbekka
Doim közi porlab turar quvonchdan
Yurtni qöllar Özbegimning Otasi
Chunki uning ertasi bor ertasi

Tashvish nima, g’am neligin bilmaydi
Shodon yashar noshukurlik qilmaydi
U xotirjam yotib uxlar kechasi
Chunki uning ertasi bor ertasi

Hamma yoqda tinchlik va osoyishta
Ayollari misoli bir farishta
Yorin kulib kutib olar bekasi
Chunki uning ertasi bor ertasi

Yangi yil ham yaqinlashar kun sayin
Yoshu qari quvonadi birdayin
Hamma yoqda yashnab turar archasi
Chunki uning ertasi bor ertasi

Doim xursand yaxshi ishlar qiladi
Ne xoxlasa ushalishin biladi
Orzulari ijobatdur barchasi
Chunki uning ertasi bor ertasi.

Yurtdir bu.

Shunday yurtki ko’zing sira nam bo’lmas
shunday yurt bu yuragingda g’am b6lmas
o’zbek eli hech kimsadan kam b6lmas
jannatlardan paydo bo’lgan yurtdir bu

jaloliddin bu kunlarni k6rmadi
amir temur orzu qilib tolmadi
muqannachi olovlardan izladi
tarixi boy matonatli yurtdir bu

doim asrab avaylar o’z makonin
o’zbek eli lol qoldirar dunyoni
navoiysi titratgan yer samoni
ajdodlarim orzu qilgan yurtdir bu

shiroqlari yurtin aslo sotmagan
t6marislar qancha alam yutmagan
qiynalsada yurtin tashlab ketmagan
matonatli jasoratli yurtdir bu

quchog’ ochib kutib olar mehmonni
har narsadan aziz bilar insonni
o’z qo’lida doim uning imkoni
o’ziga bek o’zbek degan yurtdir bu

yuragida orzu bordir ishonch bor
yuzlarida doim kulgu quvonch bor
bari go’zal yana bari betakror
gözallikda oshno bo’lgan yurtdir bu.

Ona yurtim bayrog’i.

Dedilar sen kimsan õzbeklik nedir?
dedim Õzbekiston beqiyos yurtdir!
Aytdilar sen bunga bir misol keltir
Men aytim bayroği osmonga tengdir!

Gapimning manosin anglamadilar
Men dedim bayroqdagi ranglar oyu yulduzlar
Qayda bôlsangiz ham kõrinib turar

Manabu ajoyib rangni albatta
Uchratib turgandirsiz tabiatda
Oq rang bu ezgulik oq rang beğubor
Mening pokligimni anglatar takror

Aytdilar qizil rang kerakdir nechun?
Sôngi qon qolguncha yashar yurt uchun!

Gaplarim manosin sóng angladilar
Ôzbeging betakror yurtdir dedilar
Sõng bilib õzbegim muqaddasligin
Mening kimligimni bilib qóydilar

Dunyo tanimoqda bugun ózbekni
Kõklarga hilpirar mudom bayroği
Farzandlari mard va jasurdir uning
Tillolarga tengdir bir kaft tuproği

Vatan madhi

Bu sõzni bir paytlari
Aytib bergan menga bobom
Õtmishda necha shoir
Sher yozib bõlgan qataģon
Havfga qoyib bõlsaham
Ul zotlar jonin har kuni
Õlishin bilsa hamki
Kuylagan Vatan madhini

Isyonchi deb topilgan
Vatan haqda bitsa ash’or
Õlsaham Vatan uchun
Doston bitgan qõrqmay zinhor
Bilgankim qaro yerga
Bosh qoyib ketar bir kuni
Uch tõrt kun rasvo hayot deb Sotmagan iymonini

Õylagan balki alar bir kun zõr bõlar dostonim
Men ôlib ketgayman lek
Dunyodan õchmas nomim
Ul zotlar ustun bilgan
Har nedan yurtin qadrini
Nafaqat doston bitgan
Balki bergan õz jonini

Bobom der shoirmisan
Ey shoirning sharmandasi
Sen ham bir kam dunyoning
Hom sut ichgan bir bandasi
Shundayin gõzal yurda
Gam chekmay shodon yurgaysan
Vatan uchun doston bitmay sen shoirman deyolmaysan

Tarixga muhrlab qoy sen ham alardek nomingni
Bu uchun bir ozgina koyitsang yetar joningni
Vatan haqda ash’or bitgin
Avlodlar bilsin qadrini
Vatanin dildan sevsin
Har kimni sevmay har kuni

Ey Buxoriy sen yurarsan
Sevgi haqda sherlar bitib
Gõyoki zõr shoirdek
Õzingni osmon tutib
Ajdodlar avlodisan
Shunday õtib ketolmaysan
Yurt uchun doston bitmay
Shoirman deb aytolmaysan.

Mustaqillik madhiyasi.

Ko‘tarildi baland, O‘zbekiston bayrog‘i,
Mustaqillik madhiyasi bu, qalblarda yangi ovoz.
Erkin yurtda yashaymiz, kuch va mehr bilan,
Bu madhiyani aytib, mustaqillikni bayram qilamiz.

Bu yurt, bu Vatan, bu osmon, bu erkinlik,
Har bir yurakda yashar, orzularni bezatgan.
O‘zbekiston, sening izmingda butun xalq,
Mustaqillik, sen biz uchun dunyoda eng ulug‘dir!

Ona yurtim

Ona yurtim, bu muqaddas dargoh,
Qalbimga joylabsan bitmas umidni.
Sen bilan ulg’aygan har bir avlod,
Yo’qotmas aslo senga bo’lgan sadoqatni.

Sening dalalaring, soylaring, bog’laring,
Har bir qarichingda tarix bitilgan.
Qancha fidoyilar sendan ilhom olgan,
Shu tuproqda ular iz qoldirgan.

Ona yurtim, sening har bir nafasin,
Qalbimda his etib, yashayman bir umr.
Yiroq bo’lsam ham, sen men bilan bir,
Sen mening orzuim, menga berar quvvat.

Tog’laring bag’rida yer osti xazinang,
Mening boyligim — bu seni sevishim.
Har bir qadamda boringni ko’klab,
Ona yurtim, sendan rozi kelishim.

Vatan

Vatan – bu yurt, ona zamin, jon-ona,
O’zi bir ma’no, ko’ngilning gavhari.
Bu yerda o’sib, erishar har inson,
Orzu-armonlar, yulduzlar talabi.

Sen shu tuproqning farzandi azizsan,
Uni sev, asra, dilidan joy top.
Ona yurt seni boqib, ulg’aytirdi,
Qarzi bo’lsin, bu mukaddas boylikni asrab.

Yo’ling uzoqmi, chet elga ketdingmi,
Unutma, yurting sendan kutar sadoqat.
Sen qayda bo’lsang ham, shu yurak ichra,
Vataning doim ko’ksingda bo’lsin faqat.

O’zbekman.

Yangi bir asrning ostonasi bu
Yetishdim umrimning qutlug’ yoshiga
Tilimda shukrona,dilimda g’ulu
Tarix sarkotibin keldim qoshiga

Mana,men-O’zbekman,qo’limda tu
Va barcha a’molim bitilgan kitob
Shuning ichidadir borim va yo’g’im
Shuning ichidadir men uchun oftob

O’zbekman,inshaalloh,iymonim butun
Tilim qisiq emas bashariyatdan
Kimgadir tengdirman,kimdandir ustun
Zuvalam qorilgan samimiyatdan

O’zbekman,gohida iqbolim kulib
Gohida o’zimdan chiqqan ofatim
Dunyoni olsam-da jahongir bo’lib
Go’dak yig’isiga yo’qdir toqatim

O’zbekman qanchalik jafo chekmayin
O’zimga haq bo’dim o’zimga haqman
Yashadim yovlarga bo’yin egmayin
Bu kun o’z erkiga erishgan xalqman

Istiqlol ketma yurt peshonasidan
Tole,tark etmagin bizni ilohim
Mana,yangi asr ostonasidan
O’tdim.

Vatanim.

Vatanim deb, elim deb, jonimni beray deyman,
Shu tuproqni bosmasin, hech qachon yovning izi,
Vatan uchun ko’kragim, qalqon qilib tutaman,
O’yadurman dushmaning bizga boqqan ko’zini.

Vatan diya urarkan, tandagi jon boricha,
Kurashaman qo’rqmasdan, g’animlarni quvaman,
To’xtamayman hech qachon, tandagi qon boricha,
Jonimdan ham, ortiqroq, vatanimni Sevaman,

So’rasalar jonimni ? Jonimdan ham kechaman,
Agar kerak bo’lsa gar, to mahsharga boraman,
Yuragim urar ekan, quzg’un yaqin kelolmas,
Kerak bo’lsa ajal bilan, men yuzma-yuz turaman.

Barcha she’rlar to’plami>>

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top