Mevalar haqida sherlar,Mevalar rasmi bolalar uchun. Hosil bayrami uchun she’rlar to’plami.
Mevalar haqida sherlar.
Kuz fasli – mo‘l hosil, shirin-shakar mevalar fasli. Bog‘larda olma, nok, uzum, anor pishib, dasturxonlarimizni bezaydi. Hosil bayrami – mehnatkash dehqonlarimizning ter to‘kib yetishtirgan ne’matlarini qadrlash, bolalarga mehnatning qadrini anglatish bayramidir. Shuning uchun ham bu kunlarda mevalar haqidagi she’rlar kichkintoylar qalbiga quvonch ulashadi, ularni tabiatni sevishga o‘rgatadi.
Hosil bayrami uchun sherlar, topishmoqlar, tadbir ssenariylar

Bolalar:
Asslomu alaykum
Xush kelibsiz ustozjon
Quvonchimiz bir jahon
Bugun yangi bilimlar
Ulashasiz begumon
Ustoz:
Rahmat bolajonlarim
Aziz qaqajonlarim
Yangiliklar juda ko’p
Bilib oling bugun xo’p
Bolajonlarim:
Sog’-salomat kelibsiz
Shijoatga to’libsiz
Mashg’ulotni boshlaymiz
Qani qani tayyormisiz?
Bolalar:
Sog’u-salomat keldik
Oshiqdik bog’cha tomon
Tayyormiz mashg’ulotga
Olg’a markazlar tomon.
ʼOltin kuzʼʼ.

Xayrlashdik yoz bilan
Kirib keldi ʼʼOltin kuzʼʼ
Olma- yu anor bilan
Xurmo olib keldi kuz.
Kuz fasli haqida.

Bo’m-bo’sh dala qir
Yog’adi yomg’ir.
Tinmay mujjasin,
Bu qanday fasl?
Qushlar uchdilar,
Barglar tushdilar.
Sariq dala-tuz,
Hamma yoqda kuz!
Shaftoli.

Bizni derlar shaftoli,
Ta’mimiz shirin bolli,
Pishsak bo’lamiz xil-xil,
Ranglarimiz har-xil.
Olma.

Biz bog’dagi olma,
Xomligimda olma,
Pishganda olib yegin,
Bog’bonga raxmat degin.
Anor.

Mevalarni shoximan,
Yesangiz ox-oxman,
Nordonimiz ham foyda,
Isitma yuq u bor joyda.
Uzum.

Bizni derlar uzum,
Aytay sizga chin so’zim,
Eng foydali qoqimimiz,
Ko’paytirar qoniz.
Hosil bayrami uchun mevalar, sabzavotlar haqida topishmoqlar
Olxo’ri.
Mevalarning eng zo’ri,
Bizni derlar olhuri,
Dardingiz olamiz,
Yurakka davomiz.
Tarvuz.

Mag’zimiz qip-qizil,
Ko’tarsangiz og’ir zil,
Chanqoq bosti tarvuzmiz,
Ancha dardga davomiz.
Olma.
Olmadir mening ismim
Biram yoqimli hidim.
Anor haqida she’r.

Meni Anor deydilar,
Mazza qilib yeydilar.
Yoqut misol har donam,
Xurmo mening dugonam.
Kaminani hòb siqib,
Piyolani tòldirib,
Ichganga qon bòlaman,
Joniga jon bòlaman.
Oĝrib qolsa qorningiz,
Pòstimni qaynatingiz,
Dam badam iching meni,
Dardingiz olay sizni.
Anor.
Garchi bo‘yim pastgina,
Po‘stim ham yarashiqli.
Mevam qizil donacha,
Anor shaklim o‘zgacha
Behi.

Malla tukli momiq po‘st,
Artsang chiqar qattiq po‘st.
Deyishar meni behi,
Mevalar shohi behi.
Shaftoli.
Mayin tukli, momiqqina,
Yesang yumshoq, suvlikkina.
O‘rik menga qarindosh,
Shaftoliman hali yosh.
Uzum.
Gar o‘rmalab o‘ssam ham
Mevalarim ko‘p g‘ujum.
Charos, toyfi, husayni,
Deydilar meni uzum.
Nok.

Shaklim misli nosqovoq,
G‘irchillayman yegan chog‘.
Yesang deysan ko‘p rahmat,
Nokman, kelgin marhamat.
Mevalar rasmi.
Mevalar — tabiatning bizga bergan eng shirin ne’matlaridan. Olma, nok, anor, uzum va boshqa mevalar dasturxonimizni bezab, sog‘lig‘imizni mustahkamlaydi. Ularning rang-barangligi va shirin ta’mi bolalarning ham, kattalarning ham ko‘nglini quvontiradi. Keling, endi mevalarning chiroyli rasmlaridan bahramand bo‘laylik! Mevalar rasmi to’plamini mashg’ulotlarda bemalol foydalanishingiz mumkin.
Mevalar rasmi Word chiqarish uchun. <<Yuklab olish>>









