Ikkinchi mutaxasislikka qabuli haqida.
OTMlarda 2-mutaxassislikka o‘qish uchun arizalar qabuli my.edu.uz platformasida 10-iyuldan 10-avgustgacha davom etadi.
Hujjat topshirish uchun:
- Fuqarolik pasporti yoki ID karta;
- Bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
- Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikasiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kimlar topshirishi mumkin?
Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko‘ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.
Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ikkinchi mutaxasislik imtihoni haqida.
2-mutaxassislikka oliy ma’lumotga ega abituriyentlar hujjat topshira oladi. 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qishni boshlashadi.
2-mutaxassislikka kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulga qadar oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Demak, 2-mutaxassislikda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar o‘zlari hujjat topshirgan OTM rasmiy sahifalarini kuzatishlari maqsadga muvofiq.









