Vatan haqida 100 ta maqol. Sizlar uchun vatan haqida eng sara maqollarni taqdim etishni reja qildik va amalga oshirdik. Siz ushbu maqollardan foydalaning. Ta’limni rivojlantiring.
Mundarija
ToggleVatan haqida 50 ta maqol.
- Vatangado bo’lguncha, Kafangado bo’l.
- O’z yurting — o’lan to’shaging, O’zga yurt bo’lmas beshiging.
- El qo’ngan yerni bilar, Ot to’ygan yerda tinar.
- El qurimasa, yer qurimas.
- Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni.
- Tug’ilgan yering — Vataning, Vataning — nomusing.
- Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.
- Ellik yilda el yangi.
- O’lsang o’l, Vataningda bo’l.
- Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.
- Elli yer — bozor, Elsiz yer — mozor.
- El ishini er qilur, Er qadrini el bilur.
- Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas.
- Yurtni dedim, yuzga kirdim.
- Sigirning suti — tilida, Erning quti — elida.
- Ursa ham, el yaxshi, So’ksa ham, el yaxshi.
- Yaxshi yigit yurt tuzar, Yomon yigit yurt buzar.
- El boshiga kun tushsa, El yaratgan er kelar.
- Yurti boyning o’zi boy.
- Er yigit elga tortar.
- Har toycha o’zi suv ichgan bulog’ini maqtar.
- Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
- Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan.
- O’z yurtingning qadri O’zga yurtda bilinar.
- Vatanga falokat — o’zingga halokat.
- Eringdan bezsang ham, Elingdan bezma.
- Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
- Har kim — eliga, O’rdak – ko’liga.
- Suvni bersang elga, Yasharsan ming yilga.
- Ko’lning otini balig’i chiqarar.
- Qush ham ketsa keladi, O’z elini sevadi.
- Elning ichi — oltin beshik.
- Er bolasi — el bolasi.
- Changal ham o’z joyida gurillar.
- Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.
- O’pkadan urgan yel yomon, Elidan ayrilgan er yomon.
- Kishi yurtida sulton bo’lguncha, O’z yurtingda ulton bo’l.
- O’zga yurtning gulidan, O’z yurtingning cho’li yaxshi.
- Vataning tinch — sen tinch.
- Kishi yerida sulton bo’lguncha, O’z elingda cho’pon bo’l.
- Yigit g’ami elida, Elning g’ami dilida.
- Har gul o’z butasida aziz.
- Har kimning o’z eli — o’ziga shirin.
- Eldan ayrilguncha, jondan ayril.
- Erning ishi — elning bo’ynida, Elning ishi — erning bo’ynida.
- Elga qo’shilgan moy yutar, Eldan ayrilgan qon yutar.
- Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.
- Har shaharning havosi boshqa.
- El tilagin tilagin, Siniq ko’nglin siylagin.
- El — qo’ngan yerda, Ot — to’ygan yerda.
Tavsiya etamiz : Do’st haqida maqollar.
Vatan haqida 30 ta maqol.
- Eling-yurting bo’lmasa, Oying-kuning bo’lmasin.
- Yurtdan ayrilganni yov chopar.
- To’ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.
- Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.
- Ko’rpang qayerda bo’lsa, Ko’ngling shu yerda.
- Er davlati — elida.
- Elim boshqa degan, el bo’lmas.
- El egasiz bo’lmas, To’n — yoqasiz.
- Vatani borning baxti bor, Mehnati borning — taxti.
- O’z uyim — o’lan to’shagim.
- Ona yurting — oltin beshiging.
- Erning moli — elning moli.
- Tuqqan yerda tug’ing tik.
- Yurtim — ko’ksim, Elim — iligim.
- O’zga yurtning boshi bo’lgancha, O’z yurtingning toshi bo’l.
- Ekin yerida ko’karar, Er — elida.
- Begona tuproq — devona tuproq.
- Dushmanga nafrati bo’lmaganning Vatanga muhabbati bo’lmas.
- Vatanni sotgan er bo’lmas.
- Qush butaga sig’inar, Odam — Vatanga.
- Elga qo’shilganning ko’ngli to’q, Eldan ajralganning beti yo’q.
- Qurigan yurtga qul oqsoqol.
- Eliga vafo qilgan Yoviga jafo qilar.
- Har elning — o’z irimi.
- Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.
- Vatansiz inson — kuysiz bulbul.
- Yurtda odam bo’lmasa, To’ng’iz tepaga chiqar.
- Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
- Vatanga kelgan — imonga kelar.
- Elda bori — senda bori.
Tavsiya etamiz : Tarbiya odob haqida maqollar.
Vatan haqida 45 ta maqol.
- Elga xizmat — oliy himmat.
- El kuyunganda kuyungan — botir, El suyunganda suyungan — botir.
- Qorong’i qolgan yurtda Qorashaqshaq podsho bo’lur.
- Har gulning o’z isi bor, Har elning o’z tusi bor.
- Aylanasi ovuli, To’garagi to’rkuni.
- Kishi yurtida shoh bo’lguncha, O’z yurtingda gado bo’l.
- Yurting omon — o’zing omon.
- Har qush o’z uyasiga qarab uchar.
- Bulbulga bog’ yaxshi, Kaklikka — tog’.
- Tovushqonga tug’ilgan tepasi aziz.
- Har ko’katning o’z suygan tuprog’i bor.
- Fil tushida Hindistonni ko’rar.
- Vatan gadosi — kafan gadosi.
- Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas, Yurt qo’riganning yurti buzilmas.
- Elga qo’shilsang, er bo’lasan, Eldan ajralsang, yer bo’lasan.
- Elning baxti — erning baxti.
- Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.
- Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.
- El g’amini bilgan elda doston.
- Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar.
- Baliq suv bilan tirik, Odam — el bilan.
- El-kunim bo’lmasa, Oy-kunim tug’masin.
- Eling senga cho’zsa qo’l, Unga doim sodiq bo’l.
- O’zga yurtning qozisi bo’lgandan, O’z elingning tozisi bo’l.
- Himmatli er, O’z elini der.
- Ona yerning tuprog’i — ona sutidan aziz.
- Yurtdan ketgan, yurtmonda. O’tar hasrat, armonda.
- Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir.
- Elidan bezgan er o’ngmas, Ko’lidan bezgan g’oz o’ngmas.
- Birovning yurtida bek bo’lguncha, O’zingning yurtingda it bo’l.
- Badqavm bo’lsang bo’l, Beqavm bo’lma.
- O’zbek iskab bo’lsa ham, elini topar.
- El boshiga tushgani — Er boshiga tushgani.
- Elning g’ami — erning g’ami.
- Yurt qo’ri, eling o’sar, Qo’rimasang, uying to’zar.
- Yurt egasi yo’lbarsdir, Oldirgani qo’ymasdir.
- Elga manzur — erga manzur.
- Elning egasi bo’l, Tobutning chegasi bo’l.
- Sovuq urgandan qolar, Tuproq surgandan qolmas.
- Er yigit o’zi uchun tug’ilar, Eli uchun o’lar.
- Kiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.
- Yurt qo’risang, o’sarsan, Qo’rimasang, to’zarsan.
- Elning yirtig’iga yamoq bo’l, Uzuniga uloq bo’l.
- El bor bo’lsa, er xor bo’lmas, Er bor bo’lsa, el xor bo’lmas.
- El qudrati — chin qudrat, Vatan tuprog’i — qimmat
- Vatan haqida 100 ta maqol.
Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar.





