Til haqida maqollar

Til haqida maqollar

Ushbu sahifamizda til haqida maqollar, yaxshi so’z, yomon so’z haqida maqollar to’plamini taqdim etamiz.

Til haqida maqollar

Til haqida maqollar.

Har yili 21-oktabr kuni yurtimizda O‘zbek tili bayrami keng nishonlanadi. Bu sana — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili — xalqning ruhi, uning tarixiy xotirasi va kelajak avlodiga qoldiradigan bebaho merosidir.

O’zbek tili bayrami kuni insho.

O’zbek xalq maqollari.

Til haqida bitilgan maqollar asrlar davomida ajdodlarimizning tajribasi, hayotiy kuzatuvi va donishmandligidan dalolat beradi. So‘zning qudrati, yaxshi va yomon so‘zning ta’siri, tilning odobdagi o‘rni maqollarda o‘z aksini topgan. Quyida siz uchun ona tili haqida eng sara maqollar jamlandi.

Ona tili haqida sherlar

Til va so‘zning qudrati haqida maqollar.

  • Til — dil kaliti.

  • Til tig‘i qilich tig‘idan o’tkir.

  • So‘z nayzadan o’tkir.

  • Odam so‘zi bilan sinalar, osh — tuzi bilan.

  • Odam gap bilan, hayvon o‘t bilan.

Yaxshi so‘z haqida maqollar.

  • Yaxshi so‘z yurakka malham.

  • Yaxshi so‘z — jon ozig‘i.

  • Shirin so‘z o‘likni ham tiriltirar.

  • Bir shirin so‘z ming ko‘ngilning yarasin bitiradi.

  • Shirin so‘z — qaymoqli ayron, achchiq so‘z — bo‘yniga arqon.

  • Yaxshining so‘zi toshni eritar.

Yomon so‘z haqida maqollar.

  • Yomon so‘z — yurak dog‘i.

  • Yomon so‘z bo‘lmasa, yaxshi so‘z bo‘lmaydi.

  • Yomon so‘zning qanoti bor.

  • Sel ariqni buzar, yomon so‘z — dilni.

  • Yomon til boshga balo keltirar.

  • Yomonning so‘zi — to‘qmoq.

Til haqida hikmatli so’zlar

So‘z va gapning kuchi haqida maqollar.

  • Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.

  • Gapni gap ochar, yomon gapdan qochar.

  • Gap egasini topar.

  • Og‘izdan chiqqan so‘z qaytmas.

  • Ko‘ngilni qo‘l bilan ovlamasang, til bilan ovla.

  • So‘z chumchuq emas, og‘izdan chiqsa tutib bo‘lmas.

Til va odob haqida maqollar

  • Oz gapir — soz gapir.

  • Olim so‘zi oz, oz bo‘lsa ham soz.

  • Tili shirinning do‘sti ko‘p.

  • Tilga e’tibor — elga e’tibor.

  • Tilga ehtiyot — elga ehtiyot.

  • Til yomoni xor etar, til yaxshisi bor etar.

Til haqida maqollar WORD varianti <<Yuklab olish>>

1-oktabr ustoz va murabbiylar kuniga tadbir ssenariysi

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top