Sahifamizda 21-oktabr Til bayrami uchun Ona tili haqida sherlar to’plami.
Ona tili haqida sherlar.
Ona tili – millatning ruhi.
Ona tili – xalqning eng katta boyligi, milliy qadriyatlarimizning ildizi va ma’naviyatimizning asosidir. Til orqali biz ajdodlar merosini anglaymiz, kelajak avlodga esa o‘zligimizni yetkazamiz. Quyida ona tilimizning go‘zalligini, betakrorligini va qudratini tarannum etuvchi til haqida sherlarni taqdim etamiz.
Ona tilim. (Qo’shiq matni )
Tilim chiqqa so’zing bilan
Dilim ravshan o’zing bilan
Faxr etadi xalqim, elim
Ona tilim, ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Onam aytgan allalaring
To’y bayramda yallalaring
Eshitganim ertak naql
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Mexring to’la quchog’imda
Jaranglaysan qulog’imda
Sen tufayli to’ldi aqlim
Ona tilim ona tilim
Juda qadim sharqonasan
Asl zoting turkonasan
Hikmatlaring yodlar ahling
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim.
O’zbek tilim.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan.
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan.
“Til – xalqning shavkat-shoni”,
-Bu bobolar kalomi.
Ona tilim unvoni
-Davlat tili maqomi!
Ona tili.
O‘rgilayin,
Ona tilim,
O‘zginangdan.
Tillarimga
Bol keladir
So‘zginangdan.
Tilim, yana
Bo‘lavergin
Burro-burro.
Oh, naqadar
Ohangdorsan,
Yana a’lo.
Ona tilim,
Mening uchun
Yagonasan.
Aslida sen
Sharqonasan,
Turkonasan.
So‘zlaganda
Namoyondir
O‘zbekligim.
Namoyondir
Yaxshilarga
Ko‘zdekligim.
Uzoq-uzoq
Tarixlarga
Asosimsan.
Ulug‘-ulug‘
Allomalar
Navoiyimsan.
Me’rosimdan,
Ilm-u fandan
To‘l mazmunga.
Dunyolarga
Tanilaver
Kundan-kunga.
Jonu dilim- ona tili haqida.
Ona tilim,
Jonu dilim,
Sening bilan
Biyron tilim.
Ona tilim,
Bobo tilim,
Seni sevar
Yurti elim.
Ona tilim,
Koni ilm,
Sen-la olay
Chuqur bilim.
Ona tilim,
Momo tilim,
Sen borsan-ki,
Yorug’ yo’lim!
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni Oʼzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’qda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
Ona tilim.
Mirtemir she’ri
Ona tilim -onajonim tili bu,
Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
El-yurtim, qonimonim tili bu,
Qadimlikdan oxshar ona tuproqqa
Bobolardan bizga me’ros ezgu til,
Avlodlarga xazinayu bebaxo.
Qalbimizga, ruhimizga kozgu til,
Bu dunyoga bagishlaymiz ne daho.
Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy ham hovuri,
Onjonlar allasidan,
Koz yoshidan, oq sutdan,
Togaylarning tengsizligi,
Jilgalarning shox hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yogrilgan til-ona tilim.
Cholponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Goroglining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan,
Tugilgan til-ona tilim.
So‘ylasin tilim – ona tili haqida
Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.
Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.
O‘zbek tili – mening ona tilimdir,
Har bir kuy-g‘azali g‘uncha – gulimdir,
O‘z ona tilimni chin dildan sevmoq,
Bilaman, men tutgan to‘g‘ri yo‘limdir.









