Sahifamizda 2025-yil uchun Attestatsiya 2025 o’tkazilish sanalari, bosqichlari haqida jadval, fanlar kesimida sinov o‘tkaziladigan kunlar va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotni taqdim etamiz.
Attestatsiya 2025 o’tkazilish sanalari.
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari quyidagicha belgilanadi.
| Sana | Fan yo‘nalishi |
|---|---|
| 21-oktyabr | Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti |
| 22-oktyabr | Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari |
| 23-oktyabr | Informatika va axborot texnologiyalari |
| 24-oktyabr | Maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari: Tarbiyachi, Psixolog, Tarbiyachi-metodist, Defektolog, Logoped, Musiqa rahbari, Ingliz/Nemis/Fransuz tili (maktabgacha) |
| 25-oktyabr | Jismoniy tarbiya, Musiqa madaniyati |
| 27-oktyabr | Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari |
| 28–29-oktyabr | Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (Davlat tili) |
| 29-oktyabr | Kimyo, Fizika |
| 30–31-oktyabr | Ingliz tili |
| 1-noyabr | Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (qizlar va o‘g‘illar yo‘nalishlari), Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik |
| 3–7-noyabr | Boshlang‘ich ta’lim |
| 7-noyabr | Fransuz, Nemis, Koreys, Xitoy, Yapon tillari; Psixolog, Logoped, Defektolog (maktab) |
| 8-noyabr | Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglari |
| 10–11-noyabr | Matematika |
| 11–12-noyabr | Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti |
🟢 Eslatma:
Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Sinov joylari haqida ma’lumot bu yerda e’lon qilinadi.





