Diktantlar to'plami 1-2-3-4-sinf

Diktantlar to’plami 1-2-3-4-sinf

Diktantlar to'plami 1-2-3-4-sinf

Diktantlar to’plami 1-2-3-4-sinf.

Hurmatli o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar! Sizlar uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari (1–2–3–4-sinflar) uchun maxsus diktantlar to‘plamini taqdim etamiz. Ushbu diktant matnlari bolalarning savodxonligini oshirish, imlo qoidalarini mustahkamlash hamda yozma nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Diktantiar maqsadiga ko’ra ikki turli bo’ladi:
Ta’limiy diktant. Diktantning bu turi o’rgatilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining ma’lum
bir qismida mashq sifatida o’tkazilib, unga alohida soat ajratilmaydi.
Boshlang’ich sinflarda ta’limiy diktantning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
1. Lug‘at diktanti.
2. Saylanma diktant.
3. Ko’rsatuv diktanti.
4. Yoddan yozuv diktanti.
5. Ta’kidiy diktant.
6. Izohli diktant.
7. Ijodiy diktant.
8. Erkin diktant.
Tekshiruv diktanti. Diktantning bu turida o’quvchilar so‘zlarni qanchalik o‘zlashtirganlarini sinash, tekshirish
maqsadida o‘tkaziladi.

1-sinf diktantlar.

Tinchlik.
Biz tinchlik istaymiz. Dunyo xalqlari ham tinch yashashni xohlaydilar.
Kitob.
Akam kitob berdi. Kitob rasmli, qiziq ekan. Uni ukalarimga o’qib berdim. Ular xursand bo’lishdi.
Shirin olma.
Kecha buvim keldilar. Menga olma berdilar. Yuvib yedim. Juda shirin ekan. Buvimlarga rahmat aytdim.
Bizning oila.
Oilamiz katta. Buvim, otam, onam, akam va ukam bor. Biz bir-birimizga mehribonmiz.

2-sinf diktantlar.

Navbatchilar.

Bugun Anvar Daminov bilan Vali Botirovlar navbatchi bo’ldilar. Anvar sinfdagi gullarga suv quydi. Vali changlarni
artdi. Sanitar Yoqut Jo’rayeva tozalikni tekshirdi. Sinfimiz doim toza, o‘quvchilar ozoda.

Fermada.

Fermada qoramollar boqiladi. Sigirlarning o’z nomlari bor. Biri — Targ’il, biri — Govmish, yana biri — Qo‘ng‘ir. Yaqinda zotdor sigir keltirishdi. Unga Poyqadam deb nom berishdi Chunki shu kuni fermamiz haqida radioda maqtab gapirishdi.

Farg‘ona.

Farg’ona — go’zai shahar. Uning katta va keng ko‘chalari hamisha ozoda. Farg’ona yaqinida Hamzaobod qishlog’i ham bor. Yil bo’yi qishloqqa ziyoratchilar kelib turadi.

Munosib hissa.

Jamila o’tgan kuzda danaklar ekkan edi. Bu yil ular nihol bo’ldi. Akasi ularni payvand qildi. Ko’chatlar yaxshi o ‘sdi. Jamila maktab bog’iga o‘n tup mevali ko’chat keltirib ekdi.

Sog‘ tanda, sog‘lom aql.

Ertalab badantarbiya qilish zarur. Badantarbiya mushaklarni yaxshi rivojlantiradi. Sovuq suv bilan yuvinish juda foydali. Kishi o’zini tctik his etadi. Kun bo’yi charchamaydi. (26 so’z)

Bo‘ri.

Bo‘ri — yirtqich hayvon. U bir joyda turmaydi. Ovqat izlab yuradi. O’lja topsa, sheriklarini chaqiradi. Kunduzi yashirinib yotadi. Kechasi ovga chiqadi. Bo’ri o’zi kichik, ammo juda vahshiy hayvondir.

Kungaboqar.

Kungaboqar — ajoyib o’simlik. U juda tez o’sadi. Uning donli qismi laganday bo’ladi. U doimo quyoshga qarab turadi.

Qor.

Qish kunlari hammayoq qor bilan qoplanadi. Daraxtlar mudrab turganday tuyuladi. Qor dala va bog’lar uchun foydali. Ekilgan bug’doylar qor ostida yaxshi saqlanadi.

Yer — xazina, suv — gavhar B o b o m j u d a ko’p h ik m a tl i so’z larni biladilar. Yer — xazina, suv — gavhar, — deydilar va m a ’nos ini tushuntirib beradilar. Yerni qancha parvarish qilsang, u senga shuncha ko’p hosil beradi.

Yangi qishloq

Q i s h l o g ‘i m i z yangi. U n d a e k in m aydonlari k o ‘p. Mevali daraxtlar hosil bermoqda. Chorva mollari uchun ferma
qurildi. Qishloq markazida klub, kinoteatr bor. Chiroyli x iy o b o n la rd a j a m o a xo‘jaligi a ’zolarida m olib, hordiq
chiqaradilar. Biz qishlog’imiz bilan faxrlanamiz. (4 0 so’z)

3-sinf diktant.

Maktab bog’i.

Maktabimizning katta, ko’rkam bog’i bor. Bog’da olma, shaftoli, o’rik, olxo’ri va boshqa mevali daraxtlar o’sadi. Ularni o’quvchi akalarimiz ekishgan. Hovlida gulzor ham bor. Gulzorda gullar ochilgan. Biz daraxtlar soyasida o’ynaymiz. O’rindiqlarda o’tirib, hordiq chiqaramiz.

Yozda.
Yozda men shaharga keldim. Shaharda xolam yashaydilar. Shaharning ko’rkam bog’i, hashamatli kinoteatrlarida bo ’ldim. Q iz iq -q iz iq k i n o fi lm la r ko ‘rd im . Q ‘ q u v c h ila r saroyiga bordim. Duradgorlik to’garagiga qatnashdim. Shahar menda yaxshi taassurot qoldirdi.
Bizning sinf Maktabim iz yangi qurilgan. Sinf xonalari katta va yorug’. Sinfda partalar, doska va o’qituvchi uchun stol. stul bor. Devorda bobomiz Alisher Navoiyning suratlari osig’liq turibdi. Sinfda javon ham bor. Biz sinf kutubxonasini tashkil etdik. Zarifa kutubxonani boshqaradi. Zokir unga yordamlashadi.

Ro’molcha.

Mehnat darsida o’qituvchimiz ro’molcha tikishni o’rgatdi. Ro’molcha chetiga gul rasmini chizdik. Men gulni qizil, barglarini yashil ipda tikdim. Ro’molcha juda chiroyli bo’ldi. Uni onamga sovg’a qildim.

Yomg’ir.

Osmonni bulut qopladi. Birdan yomg’ir yog’di. Yomg’ir tingach, osmondagi bulutlar tarqaldi. Quyosh charaqlab ko’rindi. Daraxtlarda qushlar shoxdan shoxga sakradilar. Keng asfalt ko’chalar suv sepganday bo’lib qoldi.

Topishmoq.

Kichik ot-u katta ot, Quvlashmachoq o’vnashib,
Bir nuqtaga bog’langan. To’xtamas ikki o’rtoq.
Bir-birini quvlashib, Vaqtni o’lchab o’ylashib,
Aylangani aylangan. Yurishmaydi hech chatoq,
(soat)

4-sinf diktantlar.

Maktab quchog‘ida.

Yoz o’tdi. Yozda biz yaxshi dam oldik. Kuz fasli keldi. Kuz sentabr oyidan boshlanadi. O’qish ham shu oydan
boshlanadi. Maktabimiz katta. Hovlida sport maydonchasi ham bor. Maydonda turli o’yinlar tashkil qilamiz. Maktabimiz
yonidagi binoda ustaxona, kutubxona bor. Maktab quchog’ida yayrab bilim olamiz.

Sholg’om.
Sholg’om ikki yillik o’simlik bo’lib, birinchi yili bargi va ildizi, ikkinchi yili urug’i yig’ib olinadi. Sholg’omning po’sti qizil, sariq, shakli dumaloq, uzunchoq bo’ladi. O’zbekistonda Samarqand qizil sholg’omi, Namangan navlari ekiladi. Sholg’om ekilgandan keyin 60—70 kunda yetiladi. Shoig’om ning tarkibida kishi a ’zolari uchun zarur bo’lgan vitaminlar, tuzlar va boshqa foydali m oddalar bor.
Sholg’omni ko’p istemol qilgan yaxchi.

Oq oltin.

Qishlog’imiz dalalarida paxta ekiladi. Kuzda yer traktor bilan o’z vaqtida haydaladi. Qishda dalaga o’g’it solinadi. Ariqlar tozalanadi. Dala ekishga tayyorianadi. Dehqonlar bahor kelishi bilan saralangan chigitlarni ekadilar. Chigit unib chiqqach, g’o’za sug’oriladi, parvarish qilinadi va yaganalanadi. Hozir sentabr ovi. G ‘o’zaning ko’saklari ochila boshlagan. Yaqinda «oq oltin» durdonalari yig’ibterib olinadi. Paxta yurtimiz boyligi.

Maktab
Bilim cho’qqisi sari
Dars bo’lsa go‘yo zina.
Fan quyoshi sochar nur,
M aktab — ulug‘ xazina.
C h in d an dars, o ‘qish, g’ayrat
Yetkazar chin tilakka.
Tashladik dadil qadam
Yashnagan kelajakka.

Binafsha

Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli,
Bog’imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.

«Qizil kitob»
Tabiatni muhofaza qilish barchaning ishi. O’simlik va hayvonot dunyosi bizlarning sog‘-salom at yashashim iz uchun nihoyatda zarur. Shuning uchun «Qizil kitob» degan m a’lum otlar qayd etilgan hujjat mavjud. «Qizil kitob» ga 4145 tur hayvonat va nabotot nomi
kiritilgan. Shulardan 70 foizi o’simliklar, sakkizdan bir qismi qushlar va sut emizuvchilar edi. Hozirgi vaqtda
ularning chorak qismi yo‘qolib ketish xavfi ostida ekan. Qanday achinarli holat – agar har yili bir hayvon yoki
o ‘sim lik turi yo’qolaversa. tabiatni asrashga putur yetadi. Atrof-muhitni aspash nihoyatda muhim. Bu ishda siz bolalarning yordamingiz kerak.

Kuz tasviri diktant.

Kech kuz. Salqin shamol esdi. Sariq, qizg’ish barglar yerga sochildi. Kuz tabiatini tom osha qilish uchun bog‘ga chiqdim.
Atrof jim-jit, onda-sonda qushlarning cho’ziq tovushi eshitiladi. Ular bu joylar bilan xayrlashib, janubga yo‘1 olmoqdalar. Bog’dagi mevalar allaqachon yig’ib olingan. O’t-o’lanlar sarg‘ish tusga kirgan. Q urt-qum ursqalar inlariga yashirindilar. Men tabiatni to’yib-to’yib tomosha qildim. Uni rasmda ifoda etish uchun bo’yoqlar hozirladim. Mana, mening chizgan rasmim. Balki o’xshagandir-a?

O’zbekiston matn.

Markaziy Osiyo durdonasi b o l m is h 0 ‘zbekiston mintaqaning markazida joylashgan. U Qozog’iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston davlatlari bilan chegaradosh. Ko’p asrlar davomida bu zamindan Buvuk ipak yo’li o ‘tgan. 0 ‘zbekistonda 27 millionga yaqin aholi yashaydi. Har bir kvadrat kilometrga 58,1 kishi to’g’ri keladi. Bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari
istiqomat qiladi. 1991-yilning 31-avgustida Prezident Islom Karimov tomonidan O’zbekistonning mustaqil davlat deb e ’lon qilinishi mamlakatimiz tarixida eng muhim voqea bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat va poytaxtimiz Toshkent shahri kiradi.

Diktantlar to’plami kitobi boshlangich sinflar

Paxta haqida sherlar bolalar uchun

 

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top