Oliy toifali o’qituvchilar uchun magistraturaga yangi tizimdagi qabul

Oliy toifali o'qituvchilar uchun magistraturaga yangi tizimdagi qabul

OLIY TOIFALI O‘QITUVCHILAR UCHUN MAGISTRATURAGA QABULNING YANGI TIZIMI TASDIQLANDI.

Oliy toifali o’qituvchilar uchun magistraturaga qabul.

 Oliy toifalilar uchun magistratura qabuli  

Hukumatning 322-sonli qarori (2026-yil 24-iyun) bilan maktablarda ishlayotgan oliy toifali oʻqituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Qarorning asosiy mazmuni va shartlari quyidagicha:
Taʼlim shakli qanday boʻladi?
Oliy toifali oʻqituvchilar magistraturada ishdan ajralmagan holda, masofaviy (onlayn) taʼlim shaklida oʻqiydilar.
Qaysi OTMda oʻqitiladi?
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bunday oʻqitish tizimi Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida tashkil etiladi.
Ishlab berish majburiyati:
Maqsadli magistraturani tugatgan oʻqituvchilar oʻqishdan soʻng 3-yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida (maktabda) ishlab berish majburiyatini oladi.
Xotin-qizlar uchun kontrakt puli toʻlab berilmaydi:
Ushbu qaror asosida maqsadli magistraturaga qabul qilingan oliy toifali oʻqituvchilarga (xotin-qizlarga) davlat byudjeti hisobidan toʻlov-kontrakt mablagʻlarini qoplab berish tartibi (447-sonli qaror) tatbiq etilmaydi.
Qabul tartibi:
Qabul parametrlari har yili ehtiyojdan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va oʻqishga qabul qilish belgilangan umumiy tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top