«El-yurt umidi jamg‘armasi» tanloviga hujjat topshirish el-yurt.uz orqali amalga oshiriladi.

El-yurt umidi jamg‘armasi tanlovi.
Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovini e’lon qildi.
1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan:
bakalavriat – 130 ta o‘rin;
magistratura – 220 ta o‘rin;
doktorantura – 100 ta o‘rin.
Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan el-yurt.uz onlayn platformasi ishga tushirildi.
Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.
Tanlovga oid barcha ma’lumotlar eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.


