2026–2027 OTM qabulida test savollari soni va baholash mezonlari.
2026–2027 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha muhim yangilik e’lon qilindi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovlari uchun savollar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, abituriyentlar uchun majburiy va mutaxassislik fanlaridan jami 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test topshirig‘i beriladi. Kirish test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi. Mazkur tartib 2026–2027 yilgi OTM qabul jarayonida amal qiladi.
Unga ko‘ra:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.









