9-sinf O'zbekiston tarixi imtihon javoblari 2025-2026

9-sinf O’zbekiston tarixi imtihon javoblari 2025-2026

9-sinf O'zbekiston tarixi imtihon javoblari 2025-2026

9-sinf O’zbekiston tarixi imtihon javoblari 2025-2026.

Agar siz 2025-2026 o‘quv yilida 9-sinf O‘zbekiston tarixi fanidan imtihonga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, ushbu sahifa siz uchun eng to‘g‘ri tanlovdir. Bu yerda siz barcha muhim mavzular, tushunchalar va imtihonda tushishi mumkin bo‘lgan savollarning batafsil va mukammal javoblarini topasiz. Har bir javob sodda, tushunarli va imtihon talablariga mos ravishda yozilgan bo‘lib, o‘quvchilarga yuqori natijaga erishishda yordam beradi.

Mazkur materiallar tajribali o‘qituvchilar tavsiyalari asosida tayyorlangan bo‘lib, tarix fanining eng muhim davrlari, voqealari va tushunchalarini qamrab oladi. Ushbu sahifadan foydalanib, siz nafaqat imtihonga tayyorlanasiz, balki O‘zbekiston tarixini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘lasiz.

1-bilet javoblari.

1. Yodgorlikka xos boʻlgan asosiy topilmani izohlang;
2. Boysun togʻidan topilgan oʻrta paleolit davriga oid yodgorlik nomi yozing;
3. Yodgorlikning oʻziga xos jihatini yozing. (Bilish – 18 ball)

1.Boysun togʻidan topilgan oʻrta paleolit davriga oid yodgorlik -Teshik-Tosh gʻori.
2. Asosiy topilma: bu yerda neandertal bolaga tegishli suyak qoldiqlari topilgan. Eng
muhim jihati — bola qabri atrofida tog’ echkisi (arxar yoki kiyik) shoxlari aylana shaklida
qoʻyilgan. Bu topilma qadimgi odamlar dafn marosimiga ega boʻlganini ko’rsatadi.
3. Oʻziga xos jihati: Teshik-Tosh yodgorligi Markaziy Osiyoda neandertal odamning dafn
marosimi aniqlangan kam sonli joylardan biri hisoblanadi. Bu yerda diniy yoki marosimiy
qarashlar shakllanganini koʻrsatadi.

2-bilet javoblari.

1. Miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati poytaxti nomi;
2. Baqtriya davlatining siyosiy va madaniy ta’sirida boʻlgan hududlar;
3. Baqtriya-Ossuriya urushi tafsilotlari va natijasini yozing. (Bilish – 18 ball)

1. Qadimgi Baqtriya davlatining poytaxti Baqtra (Baqtriya shahri) boʻlgan.
2. Qadimgi Baqtriya keng hududlarga ta’sir oʻtkazgan. Asosan quyidagi mintaqalar kiradi:
Sug’diyona (hozirgi Samarqand va Buxoro atrofidagi hududlar), Margʻiyona (hozirgi
Turkmanistonning Marv vohasi), Xorazmning ayrim qismlari, Shimoliy Afg oniston (Baqtriyaning asosiy hududi), Janubiy Tojikiston hududlari (Baqtriyaning asosiy hududi), Janubiy Tojikiston hududlari.
3. Ossuriya podshosi Nin Baqtriyaning kuchli ekanini bilib, turli elatlardan katta qoʻshin
to’plagan. Baqtriyaga yurishda tabiiy toʻsiqlar (tor daralar, togʻli hududlar) sababli
qoʻshinini bir necha qismga boʻlgan. Baqtriyaning poytaxti Baqtra mustahkam devor va
qal’aga ega boʻlgan. Baqtriya podshosi Oksiart barcha jangchilarni safarbar qilib,
dushmanga qarshi chiqqan. Oksiart dushmanning bir qismini daradan oʻtishiga ataylab yo’l
qoʻyib, keyin tekislikda jang boshlagan. Baqtriyaliklar kuchli qarshilik koʻrsatib,
ossuriyaliklarni chekinishga majbur qilgan. Ularni quvib borib, katta talafot yetkazgan
(taxminan 100 ming askar yoʻq qilingan).

9_sinf_O’zbekiston_tarixi_2025_2026_imtihon_javoblari

9 va 11-sinf Imtihon biletlari barcha fanlardan

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top