
Sevgi haqida sherlar.
Sevgi – inson qalbining eng go‘zal tuyg‘usi, hayotga rang va mazmun beruvchi ilohiy ne’matdir. U sog‘inchda – ko‘z yoshlarda, muhabbatda – shodliklarda yashaydi. Shoirlarning yuragidan toshib chiqqan satrlar esa sevishganlar qalbini birlashtiradi. Ushbu jamlanmada siz sevgi, muhabbat va sog‘inch haqida yozilgan eng samimiy she’rlarni topasiz.
Bugun sendan koʻngil qoldi.
Bir chekkada yigʻlar sevgi
Hijronlarga kunim qoldi.
Baxtim eding ishongin rost
Bugun sendan koʻngil qoldi.
Sarson boʻldi yurak yana
Hasatlardan dilim yondi.
Tinglamasdan ketding netay
Butkul sendan koʻngil qoldi.
Umrbodga yoringman deb
Yoʻlda yakka ishqim qoldi.
Osmon boʻlma, sal pastlagin
Bugun sendan koʻngil qoldi.
Sen u tomon, men bu yonda
Farzandlarim qaqshab qoldi.
Bagʻritoshlik qilma buncha
Ishon sendan koʻngil qoldi.
Duo qilar edi onam
Otam mahzun boʻlib qoldi.
Qon yigʻlatdi sen bevafo
Bugun sendan koʻngil qoldi.
Yigʻlar yurak, boʻlib gʻamgin
Qara sendan koʻngil qoldi.
Qiyomat kelmoqda oxirat yaqin.
Dunyo asta sekin muddatin o’tab,
O’chirmoqda asriy yoriq chirog’in,
Zamin piligi ham oshkora tutab,
QIYOMAT KELMOQDA OXIRAT YAQIN.
Karvon ham bir kuni manzilga yetgay,
Bosib bu dunyoning jamiyki bog’in,
G’arbning osmonidan bir kun tong otgay,
QIYOMAT KELMOQDA OXIRAT YAQIN.
Bukchaygan tog’larda umr zavoli,
Gulzorlar ichida tingaydi shovqin,
Yerning nafasini qo’yingiz holi,
QIYOMAT KELMOQDA OXIRAT YAQIN.
Ayollar qozilik mansabin olmush,
Oyning yuzidan ham o’chirib dog’in,
Erlar dayuslikni kasbkor qilmush,
QIYOMAT KELMOQDA OXIRAT YAQIN.
Otalar o’g’ilning zarbidan yig’lab,
Kimga aytish bilmay kessa firoqin,
OTA jussasidek xorg’in oriqlab,
QIYOMAT KELMOQDA OXIRAT YAQIN.
Dunyo ko’zing ochsang och aks holda,
Seni o’z dovmiga tortqilar oqim,
ODAM ATO davri bo’ldi ibtido,
QIYOMAT KELMOQDA OXIRAT YAQIN.
Sevishganlar haqida she’r.
Alvido so’zini men ham aytaman.
Faqat men sukutda, aytaman eshit.
Senga ming bor aytdim yana aytaman,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Kelding-mi azob bilan siylamoq uchun,
Endi alamlarni mendan olib ket.
Alam bilan kelsang, ayt nega kelding
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Ortiq chidolmaydi bu xasta ko’nglim,
Xayotimdan jimgina sen meni tark et.
Sendan butkul ayro boʻlsin bu yoʻlim,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Sensiz ham azoblar yetarli dilda,.
Sen ham menga bergan azobingni kut.
Sendan qaygʻu keldi kun ora menga,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Ko’zlardagi yoshim tugadi bugun,
Har tomchi yoshimni birga qoʻshib ket.
Sevmasang ne uchun kelding ayt nechun,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Sensiz hijronlarga Roman mayli,
Sen ketsang bo’lgani ko’nglimdan faqat.
O’zim hammasiga chidayman mayli,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Ko’rishni xoxlasam ortiq ko’zlarim,
Meni xijronlarda azoblamay ket.
Senga atalmaydi endi so’zlarim,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Chidamaym boshqa bardoshim sindi,
Mayli azoblarning barin tashlab ket.
Rosti sensizlikga roziman bugun,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Iltimos ketaqol iltimos sendan,
Alvido degin-u, ortga boqmay ket.
Barcha shodliklarni olgin-u mendan,
Iltimos xasta bu yuragimdan ket.
Sog’inch sevgi haqida sherlar.
Atirgul atrini tikonga sochmish.
Qo’lingni ber gulim qo’llaringni ber.
Gullar dudog’ini bollari ochmish.
Qo’lingni ber gulim qo’llaringni ber.
Oydek yuzing silab oy ko’ngli o’sar.
Yulduz ko’zlaringdan yulduzlar o’par.
Dilim kuygan dilin zorini to’kar.
Qo’lingni ber gulim qo’llaringni ber.
Rayhonlardan so’rab bir ro’mol olay.
Muxabbat bog’ida boshinga solay.
Qoshlari kamon ko’zi quralay.
Qo’lingni ber gulim qo’llaringni ber.
Qo’lingni ber gulim dudog’im kuysin.
So’rab so’rog’im ham qarog’im kuysin.
O’ngim so’lim yaqin yirog’im kuysin.
Qo’lingni ber gulim qo’llaringni ber.
Yurgin qizg’aldoqdan boda so’raymiz.
Maysadan marvarid shoda so’raymiz.
Jannat eshigida birga turgaymiz.
Qo’lingni ber gulim qo’llaringni ber.
Sevgi armon haqida sher.
Armonlarda qoldirmasdi u
Hijronida toldirmasdi u
Balki sendek yondirmasdi u
Dugonangni sevsam bo’larkan
Sevsam bo’larkan
sendan kechsam bo’larkan
Unga dilim bersam bo’larkan
Men seni sevardim, sevaman hamon.
Yo’q seni unitmoq emasdur oson.
Qalbimni o’rtaydi hali ham hijron.
Yurakda bir tuyg’u uradi hamon,
Men seni sevardim, sevaman hamon
Sizni qattiq sevgan yurak sizniki!
Uyqusiz tunlarim qalbim sizniki,
Ko’zimning yoshi ko’nglim sizniki,
Shiring orzularim dardim sizniki,
Sizni qattiq sevgan yurak sizniki!
O’lsam ham baribir sevaman seni!
Ko’zlarim ko’r bo’lsa, ko’rmasdim seni,
Yuragim tosh bo’lsa, sevmasdim seni,
Mayli xijron azobi qiynasin meni,
O’lsam ham baribir sevaman seni!
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun.
Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun.
Hozircha yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni.
Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim.
Sen uchun hokisor, g‘arib bo‘lgandim.
Qadrim yerga o‘zim ko‘mib qo‘ygandim.
Bilmading. Endi qadri osmon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab ketganda.
Bevafo ko‘zlaring yoshlab ketganda.
Kimdir yurib-yurib tashlab ketganda.
Qalbingga qadalgan paykon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Sensizlikka o’ganib qoldim.
Ungacha ayriliq o’tida yondim.
Hammadan, hattoki o’zimdan toldim,
Endi sensizlikka o’rganib qoldim.
Lek hamon yolg’izman yo’qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo’q qaytish yoninga,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.
Endi faqat va’dalaring qiynar meni,
Sog’inaman har erta tong o’ylab seni.
Tashlab ketding, o’ylamading jonim meni,
Yolg’izginam, sensizlikka o’rganib qoldim.
Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go’zallarni hech ko’rmasdim.
O’zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo’q mana sensizlikka o’rganib qoldim.
Jonim, seni baxtga to’lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o’rganib qoldim.
Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko’rolmasdan sog’inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.
Yurak ham yolg’izlikka ko’na boshladi,
Menga aytgan so’zlaring ko’nglim g’ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko’ngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o’ganib qoldim.








