zakovat mantiqiy savollar javoblari bilan

zakovat mantiqiy savollar javoblari bilan

zakovat mantiqiy savollar javoblari bilan.

  • Ikkinchi jahon urushi vaqtida hamma davlatlarda oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishda tejamkorlikka katta ahamiyat berilgan. Masalan, Buyuk Britaniyada yangi pishirilgan nonni bir kun turgandan keyin sotuvga chiqarishgan. Buni chiqarishdan maqsad bor edi. Bir emas, ikkita maqsad. Yangi nonni kesanggiz, uvalanib ketadi, nonni isrof qilish mumkin. Nonni tejashni yana bir sababi tufayli ham bir kundan keyin sotuvga chiqarilgan

SAVOL: Nonni koʻz oldingizga keltiring, bir kun turgʻizib sotishdan yana qanday tejamkorlikka erishish mumkin deb oʻylaysiz?

JAVOB: Yangi pishirilgan nonning yoqimli isi boʻladi. Ikkinchi sababi uning isini yoʻqotish uchun ham bir kundan keyin chiqarishadi.

  • «Haqiqiy yigit arslonday irillay olishi kerak» degan shior ostida xar yili Janubiy Afrikaning Nelotreyt shaxrida musobaqa o‘tkaziladi. Musobaqada arslonday irillay olgan yigitlar saralanadi. Musobaqa g‘oliblari bilan sovrindorlari unga eng mos deb hisoblanilar ekan

SAVOL: Nimaga?

JAVOB: Kuyovlikka

  • Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi

SAVOL:Bu qanday kasallik?

JAVOB: Semizlik

  • Unga anchadan buyon haykal o‘rnatish niyatida edilar,lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgandilar.Lekin,1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi yodgorlik o‘rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik baland bo‘lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoqlarning izi turibdi

SAVOL: Bu haykal kimga o‘rnatilgan?

JAVOB: Gerbert Uellsning «Ko‘rinmas odam»iga

  • Maksim Gorkiyning shunday gapi bor: «Bu insoniyat tomonidan yaratilgan barchamo‘‘jizalar ichida eng buyuk mo‘‘jizadir»

SAVOL:  U nimaga shunday yuqori baho bergan?

JAVOB: Kitob
  • Bu so‘z asosan «dramatik spektakl oralig‘ida ijro etiladigan musiqali drama yoki opera» degan ma’noni beradi. Hozirgi kunda bu so‘z san’at soxasida keng ishlatiladi

SAVOL: Bu qanday so‘z?

JAVOB: Intermediya

  • Qo’lingizdagi qog’ozda inglizcha almost so’zi yozilgan. Bu so’z ingliz tilshunosligida eng uzun so’z hisoblanar ekan. Albatta bir shartga ko’ra. O’sha shartga rioya qilib bundan uzun ma’noli so’z yasab bo’lmas ekan

SAVOL: Siz harflarga yaxshilab e’tibor bergan holda menga o’sha shartni yozib bering.

JAVOB: Harflarni alfavitdagi ketma-ketligida yozish

  • Cheroki qabilasi xalq afsonasiga ko‘ra, tabiat xudosi yer yuzidagi barcha daraxtlarga 1 hafta kecha-yu kunduz uxlamaslikni buyuradi. Ammo bu buyruqni faqat 5 ta daraxt bajara oladi xolos

SAVOL: Afsonaga ko‘ra buyruqni bajarmagan qolgan daraxtlar qanday jazolanadi?

JAVOB: Buyruqni bajarmasdan uxlab qolgan daraxtlar jazolanadi. Ya’ni ular qishda o‘z barglarini to‘kib, uyquga ketishadi. 5ta daraxt esa, qishin yozin barglarini to‘kmaydi
  • 1968 yilda birinchi feminist yozuvchilardan biri Elizabet Kedi Stenton ularga shunday ta’rif bergan: «Bu shafqatsiz, o‘ziga bino qo‘ygan, ochofat, urushga va bosqinchilikka moyil yemiruvchi kuchdir. Ham moddiy, ham ma’naviy dunyoda u faqatgina tartibsizlik, dushmanlik, kasallik va o‘lim sochadi» degan

SAVOL:  U kimlar haqida shunday yozgan?

JAVOB: Erkaklar haqida.

  • Savol rasmi
Yevropadagi qaysidir muassasaga kiraverishda shu kabi oʻziga xos kalendarni koʻrish mumkin

SAVOL: Nuqtalarga diqqat qilib ayting, bu qanday muassasa?

JAVOB: Tugʻruqxona

Mantiqiy savollar

  • Bu so‘z yunonchada «katta kosa» degan ma’noni bildiradi. Bunday «katta kosa»lar yerdan ko‘ra boshqa joyda ko‘proq.

SAVOL: Qayerda?

JAVOB:Oyda

  • Savol rasmi

Bu ogohlantirish belgisini AQSHda hamma joyda ham koʻravermaysiz. AQSHning bir hududida bu belgilar oʻrnatiladi

SAVOL:  Aynan qaysi hududida?

JAVOB: AQSHning Meksika bilan chegara qismidagi trassalarda haydovchi ehtiyot boʻlib hayda, kutilmaganda migrant chiqib qoladi yoʻldan, oilasini yetaklab degan maʼnoda

  • Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, «xalqni va vatanni omon saqlovchi», «tartib o‘rnatuvchi» kabi ma’nolarni beradi. Tarixiy adabiyotlarda u qo‘llanma xamda qoida ma’nolarida ishlatilgan

SAVOL:  Bu qanday so‘z?

JAVOB: Zobit

  • Hozirda bu mahsulotni tez ishdan chiqadigan narsa deb hisoblash bironta insonning xayoliga kelmasa kerak. Qizig‘i, ilgari unaqa bo‘lmagan ekan. Mana Sizga 1896 yildagi musiqa do‘koni reklamasidan parcha: “Barcha turdagi musiqa asboblari. Ulkan notalar assortimenti. Doimo yangi (svejiy) …”

SAVOL:  Nuqtalar o‘rnidagi so‘zni toping.

JAVOB: Tor.
Izoh: Hozirda musiqa asboblarining torlari sintetik mahsulotdan tayyorlanadi va ancha pishiq bo‘ladi. 19 asr oxirlarida esa torlar hayvonlarning paylari yoki ichaklaridan qilingan

  • Bu ro‘yxatda it birinchi o‘rinni egallaydi. Ot esa ushbu ro‘yxatda oxirgi o‘rinlardan birida turadi

SAVOL: Bu qanday ro‘yxat bo‘lishi mumkin?

JAVOB: Xonakilashtirilgan hayvonlar ro‘yxati (Inson tomonidan it birinchi bo‘lib xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi)

  • Ular o‘zlarini «Ni Malagasi» deb atashadi. Aynan mana shu so‘zdan ularning frantsuzcha atalishi «malagasilar» kelib chiqqan

SAVOL: U qaysi xalq?

JAVOB: Madagaskarliklar

Savol rasmi

Eronning yoqimli shahri Yazd cho’l bilan o’ralgan bo’lishiga qaramay, o’zining granatalari bilan mashhur. Yazdliklar anorlarini qadimiy usulda yeyishadi. anorni erta maydalab, keyin yuqori qismidan teshik ochib, suv ichishadi

SAVOL: Aytingchi nega Yazdliklar anorni bunaqa yeyishadi?

JAVOB: Katta yozd anorining sharbati oʻtkir boʻlib, undan qolgan dogʻni olib tashlash uchun koʻp suv kerak boʻladi. Cho’l aholisi uchun bir tomchi suv ham oltin bilan tengdir. Suvni isrof qilmaslik uchun

  • Bu xayvonning bolasi juda kichkina, yalang‘och va ko‘zi yumuq xolda tug‘iladi. Uzunligi 2,5 metrdan ortiq bo‘lgan bu katta sariqning bolasi atigi 3 sm bo‘lib tug‘iladi

SAVOL: Bu qaysi xayvon?

JAVOB: Kenguru

  • Bu davlatni ko‘pincha «Qoldiq xayvonlar muzeyi» deb atashadi

SAVOL: Qaysi davlatni?

JAVOB: Avstraliya

  • Turklar millat bilimli insonlar qo’lida ekanligini bir necha asrlar avval bilishgan. Iqtidorli bolalarni axtarib, maktablarga jalb qila boshlashgan. Olimlar tayyorlaydigan Andarun maktab o’qituvchilari shahar qishloqlar bo’ylab qobiliyatli bolalarni axtarishar edi. Bolani imtihon qilishgach, ma’qul kelsa, sochini tagi bilan olib tashlashgan

SAVOL:  Bu ishni nima maqsadda qilishgan?

JAVOB: Olimlar tayorlaydigan Andarun maktablari bir umr ilmga o’zini bag’ishlaydigan maktab. Yosh bolalar o’yinqaroq bo’lishadi. Tanasini tibbiy ko’rikdan o’tkazib, sochini olib tashlab, boshini ham tekshirishgan. Biror joyida yoriq, qashqa yo’qmi, deb tekshirishgan. Boshi zarba yegan bo’lsa, unday bolalar ilm ishiga yaramaydi deb hisoblashgan va uni olishmagan.

  • Ushbu Temuriy malikaning qabr toshiga uning vaiyatiga binoan: «Xech kim mening qabrimni sabzadan o‘zga narsa bilan yopmasin, g‘ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyoxning o‘zi basdir» degan so‘zlargina bitilgan

SAVOL: Ushbu malika kim?

JAVOB: Zebinusobegim

  • Savol rasmi

Sizning oldingizda shimpanzening fotosurati Uinston Cherchillning sovg’asi edi. Cherchill bu suratga 1882 yilda vafot etgan odam sharafiga nom berdi

SAVOL: Bu odam kim edi.

JAVOB: Charlz Darvin. Suratpanzee huddi inson kabi kiyinib olgan, boshkacha gapirganda sekin-asta insonga aytiladi
  • Hududi kattaligi jihatidan – 110 o’rin, aholi soni bo’yicha – 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha – 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha – 6- o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha – 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rin

SAVOL:  Siz bu qaysi davlat ekanligini toping?

JAVOB: Shveytsariya

  • Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi vavodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar

SAVOL: Nimani yangi usulini topadilar?

JAVOB: Benzin

  • U dastlab Amsterdam aeroportining kutish zalida qurilgan moslama hisoblanadi. Avtomat moslama. U avtomat 5-10$ evaziga sizning bir buyurtmangizni chiqarib beradi

SAVOL:  Kutish zalida bu avtomatga nima buyurtma qilinadi?

JAVOB: Kutish zalida bir umr koʻrmagan kishingizni kutib olyapsiz. Uni koʻrmagansiz, shunda avtomatga uning ismini, sharifini, kasbini yozasiz-da, qoʻlingizda ushlab turadigan banner chiqarib beradi. Chiroyli qilib kutayotgan insonni ismini chiqarib beradigan avtomat

  • Savol rasmi

Ural avtomobili surati. Bugun Rossiya armiyasida Ural avtomobilllaridan koʻp foydalanishadi. Negadir jang maydonlarida kamazga oʻxshash undan ham kuchli avtomobillardan foydalanishmaydi. Kamaz ancha kuchli, mustahkam mashina boʻlsa ham. Jang vaqtida Uralning ustunligi borligi uchun ham unga ishonch bildirilgan

SAVOL: Jang payti Ural avtomobilining qanday ustunligi bor deb oʻylaysiz?

JAVOB: Kamazning gʻildiragi shunday haydovchining ostida joylashgan. Agar mina maydoniga tushib, minani bosib olsa, kamazdan koʻra Ural haydovchisi kam talofat koʻradi. Shuning uchun jang maydonlarida Ural benazir hisoblanadi. Kamaz avtomobili esa askar tashish, yuklarni olib borish, katta yoʻllarda harakatlanish uchun qoʻllaniladi. Jang maydoniga olib kirilmaydi

  • Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor

SAVOL:  Gap nima haqida ketmoqda?

JAVOB: Hushtak chalish

  • 22 oktyabr kuni mashhur darvozabon Lev Yashinning tug‘ilgan kuni. O‘tgan yili shu kunda “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida Iker Kasilyas Lev Yashin haqida iliq fikrlar bildirib, uni “Oltin to‘p” olgan yagona darvozabon ekanligini eslab o‘tdi. Hozirgi savol ham aynan Lev Yashin haqida. 1966 yilgi jahon chempionatining 3-o‘rini uchun o‘tkazilgan o‘yinning 12-daqiqasida Eysebio penalьtidan Lev Yashin qo‘riqlayotgan darvozaga gol uradi va u Yashinning oldiga keladi

SAVOL:  O‘shanda Eysebio nima qilgan?

JAVOB: Uzr so‘ragan. Lev Yashinni o‘z zamonasida ham, undan keyin ham deyarli barcha futbolchilar qattiq hurmat qilishgan

  • Mutaxassislar fikricha, eng irimchi va terdekafobiya kasalligiga chalingan insonlar ham IKSdan voz kechmas va uni jon-jon deb qabul qilishar ekan. O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha, IKS korxonaning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, berilishi mumkin

SAVOL: IKSni uchta so‘z bilan yozib bering

JAVOB: O‘n uchinchi oylik
Izoh: 13 raqamini ko‘pchilik irimchilar yoqtirmaydi. Terdekafobiya – bu 13 raqamidan qo‘rqish kasalligi. Shunday bo‘lsada, xodimlar 13-oylikni jon-jon deb qabul qilishar ekan.

Bizning xulqimiz yoxud Yaxshi odob haqida

 

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top