Dam olish daqiqasi bolalar uchun sherlar

Dam olish daqiqasi bolalar uchun sherlar

Dam olish daqiqasi bolalar uchun sherlar to’plami.

Dam olish daqiqasi bolalar uchun sherlar

Dam olish daqiqasi bolalar uchun sherlar.

Bolajonlar uchun she’rlar – bu nafaqat quvnoq so‘zlar yig‘indisi, balki dam olish, xursandchilik va yangi ilhom manbai hamdir. She’rlar orqali bolalar tasavvuri kengayadi, qalblari quvonchga to‘ladi va kayfiyatlari yanada ko‘tariladi.

Bugun biz sizlar uchun Boshlang’ich sinflarda dam olish daqiqasi da foydalanadigan eng chiroyli va samimiy she’rlarni jamladik. Ularni birgalikda tinglab, o‘yin-kulgi bilan dam olaylik!

zakovat mantiqiy savollar javoblari bilan

Boshlang’ich sinflarda dam olish daqiqasi.

1.Shoshilmaymiz, oz yozamiz,
Lekin toza, soz yozamiz.

2.O’tirishim to’g’ri, soz.
Qoidaga juda mos.
Ko’kragimni men sira
O’tirganim yo’q tirab
Chiroyli yoz yozsang xat,
Chunki bu ham zo’r san’at.

3.Ona tilim – oy tilim,
Hikmatlarga boy tilim.
Shon tilim, shavkat tilim,
Mustaqil davlat tilim.

4.Ona tilim – jonu dilim,
Sen-la olay chuqur bilim,
Yozuv darsin boshlaymiz,
Olg’a qadam tashlaymiz.
Daftarlarni chiqarib
Ruchkalarni shaylaymiz.
Chiroyli yozish uchun
Bor kuchimiz sarflaymiz!

5.A’lochilar sinfi bu
Chakki emas ishimiz.
Bir sinfga to’planganmiz,
A’lodir o’qishimiz!

6.Biz sinfda anchamiz,
Lekin zo’r sinfchamiz.
Bo’sh kelmaymiz darslarda
Biz “besh”chimiz, “to’rt”chimiz,
A’lochi o’quvchimiz!

7.O’qish kitob ochildi,
Ko’z nurlari sochildi.
O’qish kitobi bizni
Yetaklar o’g’il-qizni.
Yetaklar bilim sari
Nurli kelajak sari.

8.O’qituvchi:
Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir,
O’tib olsak sinovdan
Bu hammaga yaxshidir.
Qani, ayting, bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Bugungi kun hisobin
Menga aytib beradi?

9.Salom, ona tili darsim,
Bilim olish maqsadim.
Kelishtirib so’zlarni
Tuzarman ko’p gaplarni.
Qanot bog’lab parvozga
Ergashamiz ustozga.
Sinfim – mening gul bog’im,
Ko’pdir do’st-u o’rtog’im.

10.Darslarimiz xilma-xil,
Ongim o’sar yilma-yil.
A’lo o’qishdir burchim
Sarf etaman bor kuchim!

11.O‘qituvchi:
Shodlik to‘lsin desangiz,
Yuragimga, dilimga.
A’lo o‘qing maktabda
Mehr qo‘yib bilimga.

12.Varaqlasam bir boshdan,
Quvnab bahrim ochilar,
Oltin harf so’zlardan
Totli ma’no sochilar.
Shuning uchun deyman-ki,
Kitob mening do’stimsan!

13.Maktabda doim
O’qiyman a’lo
Qiyin ishlardan
Qochmayman also.
Sport mashqlarin
Qilmayman kanda
Kuch bilan aql
Bo’lar sog’ tanda!

14.Qushlarga eng birinchi
Uchishni o’rgatarlar.
Bolalarga birinchi
O’qishni o’rgatarlar.
Katta bo’lgach, albatta,
Qushlar uchishi kerak.
Bolalar-chi, albatta,
A’lo o’qishi kerak!

Hosil bayrami uchun mevalar, sabzavotlarhaqida topishmoqlar

15.Mening o’qib, yozganim,
Oltin-kumush qazganim,
Tilak sari uchishga
Go’yo qanot yozganim.

16.O’quvchilar:
O’qish – bu odob ilmi,
Berar bizga hayotdan saboq
U bordir-ki, hayot sururli,
U bordir-ki, kelajak porloq.
O’qituvchi:
Ushbu dars yoqar kimga?
Qani, ayting-chi, menga?
O’quvchilar:
Sizga, bizga, hammaga,
Yoqar ushbu darsimiz.
Chunki kitob o’qishga
Havas uyg’otgan o’zingiz!

17.Biz o’qiymiz hozirda
……..nchi maktabda
A’lo o’qib albatta
Olim bo’lish niyatda.

18.Salom maktab, jon maktab!
Seni sevaman maqtab.
Bizga ochgin quchog’ing
Yoningda gulzor. bog’ing.

19.O’qituvchi:
Salom, aziz bolalarim,
Gulu rayhon, lolalarim
Qani, tinglang so’zlarim
Jajji o’g’il-qizlarim.
Ona yurt egasi – siz,
Istiqlol ertasi – siz,
Bo’ling aqli rasolar,
Ham bilimdon, donolar.
O’quvchilar:
Bizlar yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul-lolamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so’zidan,
Bizlar also chiqmaymiz,
Darsga shay gul-g’unchamiz!!!!

Dam olish daqiqasi uchun mashqlar.

1. Qo‘llarimiz ishlatamiz,
Oldi tomon ko‘rsatamiz,
Orqa tomon cho‘zamiz,
Quvnab qarsak chalamiz.

2. Bobomiz mir Alisher
Besh dostonni yaratgan.
O‘zbek xalqin dunyoga
Ko‘z-ko‘z qilib taratgan.

3. Baliq kabi suzamiz,
Shamol kabi esamiz.
Biz bilag‘on bolamiz,
Qushdek parvoz etamiz.

Ustozlar haqida sherlar

4.Yozib charchar qo‘limiz,
O‘qib tolar ko‘zimiz.
Boshimiz qo‘yib asta,
Dam olamiz ohista.

5. Ayiq yurar lapanglab,
Quyon yuradi sakrab.
Ayiqning uyi katta,
Quyonniki kichkina.

6. Hoy olma, olma, olma,
Meni ovora qilma.
Biroz egil, bo‘y cho‘zay,
Olmalaringdan uzay.

7. Pingvin xola pazanda,
Piyoz, sabzi qozonda.
Peshin palov pishsin deb,
Ish boshlagan azonda.

8. Sumalakjon, sumalak,
Buncha shirin bo‘lmasang.
Qariyalar kovlaydi,
Senga mehr tilaydi.

9. Mushugim nomi baroq,
Oyoqlari oq paypoq.
Karavotda yotadi,
Rossa xurrak otadi.

10. Barmoqqa barmoq tuk-tuk,
Barmoqqa barmoq tuk-tuk.
Endi mana bunday chapak chalamiz – Qo‘llarimiz chiroyli.
Endi mana bunday aylanamiz – Oyog‘imiz chiroyli.
Endi bunday do‘pillatamiz.
(Ushbu dam olish daqiqasining so‘zlari qo‘shiq qilib aytiladi)

11. Oyog‘miz taq-taq-taq,
Qo‘llarimiz chapak-chapak,
Boshimiz charak-charak.
Qo‘limizni ko‘tardik,
Sekingina tushirdik.
Endi ehtiyot bo‘lib
Joyimizda o‘tirdik.

12. Dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
Mahkam ushlab qornida
Sabzisini quyoncha.

Kelajak soati insholar

13. Ko‘kda qanotin qoqqan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
Bahor faslin chorlagan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
Osmonlarda sayragan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
Yaxshilikni tilagan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.

14. To‘p, to‘p, to‘p, to‘p,
Futbolchilar tepar to‘p.
Darvozabon xo‘p shoshar,
Ishqibozlar qarashar.
Ana, ana, gol bo‘ldi,
Hisob bir-u nol bo‘ldi.

15.Kulrang g’ozlar uchdilar,
Ko’lmakchaga qo’ndilar.
U yon-bu yon qarashib
Yana uchib ketdilar.1,2,3…..

16.Davangirday ayiqman,
Lapanglagan qayiqman.
Asalni xush ko’raman,
Sog’inib tush ko’raman.

17.Yomg’ir yog’aloq yam-yashil o’tloq,
Endi ekinlar chiqarar quloq.
Yashnasin dala,ochilsin lola,
Tog’lar qo’ynida bizning shalola.

18.Shamol deydi esaman,
Daryo deydi oqaman.
Daraxt deydi o’saman,
Yomg’ir deydi yog’aman.

19.Tog’larning cho’qqisiga
Qor bo’lib yog’ilgandim.
Bahorda erib ketdim,
Yugurdim-chaqqon edim.

20.Daraxt tagin yumshatamiz,
Daraxtga suv quyamiz.
Daraxtim o’sib ketdi,
Bo’yi osmonga yetdi.

Mevalar haqida sherlar

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top