Mantiqiy savollar

Mantiqiy savollar

Mantiqiy savollar to’plamini  maktab tadbirida, dars jarayonida yoki kichik viktorina o‘yinida bemalol ishlatishingiz mumkin.

Mantiqiy savollar

Mantiqiy savollar.

Mantiqiy savollar inson tafakkurini charxlaydi, zehnini o‘tkir qiladi va fikrlash doirasini kengaytiradi. Ular orqali biz hayotiy vaziyatlarga boshqacha nigoh bilan qarashni, mantiqan izchil o‘ylashni va noodatiy yechimlarni topishni o‘rganamiz. Shuningdek, bunday savollar o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi, ularda bilishga intilish va topqirlikni kuchaytiradi.

🔑 Demak, quyida siz uchun qiziqarli va o‘ylantiruvchi mantiqiy savollar jamlanmasi taqdim etiladi.

Qiyin mantiqiy savollar javobi bilan.

1-savol:
Har yili millionlab odamlar Haj amalini bajaradi. Makka shahrida xavfsizlik, xizmatkorlar, taksistlar bilan birga Turkiyadan yana bir kasb vakillaridan 30 minglab odamlar chaqiriladi. Ular kim?
👉 Javob: Qassoblar – ular qurbonlik uchun mo‘ljallangan qo‘ylarni so‘yadilar.

2-savol:
Qishloqqa kelgan sayyohlarni bir bola ajablantirar ekan. Sayyohlar unga 50 sentlik yaltiroq tanga yoki 5 dollarlik kupyuradan birini tanlashni taklif qilishsa, bola doim 50 sentlikni tanlarkan. Holbuki, 5 dollar 50 sentdan 10 barobar ko‘p. Bola nega shunday qilardi?
👉 Javob: Bola telba emas, balki aqlli. Agar 5 dollarni olsa, odamlar uni sog‘lom deb boshqa pul bermay qo‘yishardi. Shuning uchun u har safar 50 sentni olib, yana pul topib yuradi.

3-savol:
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan. Lekin butun dunyodagi ularning yurgan “yo‘li”ni hisoblasak, avtomobil va samolyot bosib o‘tgan masofadan ham ortib ketadi. Bu nima?
👉 Javob: Soat

4-savol:
Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u – 2 ta. O‘zbekiston, Rossiya, Fransiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta. Efiopiya, Surinam, Quvayt, Suriya kabi davlatlarda – 4 ta. Savol: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?
👉 Javob: 1 ta. (Davlat bayrog‘idagi ranglar soni)

5-savol:
Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegerda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo‘q, Rim papasida bor, lekin ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
👉 Javob: Familiya

6-savol:
L.N. Tolstoy aytgan: “Maishiy turmushga bag‘ishlangan barcha asarlarda voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi. Ammo hayotda esa hamma voqealar undan keyin boshlanadi”. Tolstoy nimani nazarda tutgan?
👉 Javob: To‘y

7-savol:
Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sovg‘a qilishsa, bilingki sizga baxt va iliqlik tilashmoqda. Ammo Yunoniston va Ispaniyada u xavf belgisi hisoblangan. Haqiqatan ham u katta xavf tug‘dirishi mumkin. Bu nima?
👉 Javob: Gugurt.

8-savol:
Bozorda ko‘rmaysiz, ko‘rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko‘rmaysiz. Bu nima?
👉 Javob: Kafan

9-savol:
Psixologlarning fikricha, qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?
👉 Javob: Asal oyi

10-savol:
L.N. Tolstoy aytgan: “Maishiy turmushga bag‘ishlangan barcha asarlarda voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi. Ammo hayotda esa hamma voqealar undan keyin boshlanadi”. Tolstoy nimani nazarda tutgan?
👉 Javob: To‘y

Kontrakt.edu.uz shartnoma olish yo’riqnomasi

11-savol:
Qadimgi Yunonistonda papka ko‘targan kishilarni bir nom bilan atashgan, biz esa ularni boshqacha nom bilan ataymiz. Savol: Yunon tilida papka ko‘targan kishi bizda nima deb ataladi?
👉 Javob: Buxgalter

11-savol:
Amir Temur jang payti: “Ularning o‘rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o‘rnini bosa olmaydi”, – degan. Sohibqiron kimni nazarda tutgan?
👉 Javob: Tabiblarni

13-savol:
Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegerda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo‘q, Rim papasida bor, lekin ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
👉 Javob: Familiya

14-savol:
Eng ko‘p haqorat eshitadigan kishilar kimlar?
👉 Javob: Futbol hakamlari

15-savol:
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan. Lekin butun dunyodagi ularning yurgan “yo‘li”ni hisoblasak, avtomobil va samolyot bosib o‘tgan masofadan ham ortib ketadi. Bu nima?
👉 Javob: Soat

16-savol:
Qadimgi rimliklarning fikricha, eng shafqatsiz xo‘jayinlar ular hisoblangan. Savol: ular kimlar?
👉 Javob: Sobiq qullar

17-savol:
Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sovg‘a qilishsa, bilingki sizga baxt va iliqlik tilashmoqda. Ammo Yunoniston va Ispaniyada u xavf belgisi hisoblangan. Haqiqatan ham u katta xavf tug‘dirishi mumkin. Bu nima?
👉 Javob: Gugurt

18-savol:
Bir boyvachcha honim xizmatkoriga: “Men o‘lsam boyligimni senga xatlab beraman” – deydi. Keyin yana bir gap aytadiki, xizmatkor uni uzoq umr ko‘rishini xohlaydi. Savol: xizmatkor nega honimning uzoq yashashini istagan?
👉 Javob: Chunki honim “qancha yashasam, boyligimning shuncha foizi seniki bo‘ladi” degan.

19-savol:
Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u – 2 ta. O‘zbekiston, Rossiya, Fransiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta. Efiopiya, Surinam, Quvayt, Suriya kabi davlatlarda – 4 ta. Savol: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?
👉 Javob: 1 ta. (Davlat bayrog‘idagi ranglar soni)

20-savol:
1943-yil 27-noyabrda militsiya hodimlari soni kamayib ketgani sababli bir qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror tufayli militsiya safi yana to‘ldiriladi. Bu qanday qaror edi?
👉 Javob: O‘sha kundan boshlab ayollar ham militsiya organlariga ishga qabul qilina boshlandi.

21-savol:
Har yili millionlab odamlar Haj amalini bajaradi. Makka shahrida xavfsizlik, xizmatkorlar, taksistlar bilan birga Turkiyadan yana bir kasb vakillaridan 30 minglab odamlar chaqiriladi. Ular kim?
👉 Javob: Qassoblar – ular qurbonlik uchun mo‘ljallangan qo‘ylarni so‘yadilar.

22-savol (kulgili):
Qishloqqa kelgan sayyohlarni bir bola ajablantirar ekan. Sayyohlar unga 50 sentlik yaltiroq tanga yoki 5 dollarlik kupyuradan birini tanlashni taklif qilishsa, bola doim 50 sentlikni tanlarkan. Holbuki, 5 dollar 50 sentdan 10 barobar ko‘p. Bola nega shunday qilardi?
👉 Javob: Bola telba emas, balki aqlli. Agar 5 dollarni olsa, odamlar uni sog‘lom deb boshqa pul bermay qo‘yishardi.

23-savol (antiqa):
1-b, 2-i, 3-u, 4-t, 5-b. Qolgan beshta harfni yozing.
👉 Javob: 6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. (Izoh: bu raqamlarning birinchi harflari)

Mantiqiy savollar PDF  <<Yuklab olish>>

mevalar, sabzavotlar haqida topishmoqlar

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top