
1-sinfga online ariza topshirish tartibi bo‘yicha batafsil videoyo‘riqnoma. Ariza yuborish, ro‘yxatdan o‘tish, kerakli hujjatlarni yuklash va qabul jarayonini bosqichma-bosqich o‘rganing.
1-sinfga online ariza (hujjat ) topshirish videoyo’riqnomasi.
Farzandingizni 1-sinfga qabul qilish uchun online ariza topshirish jarayoni endi yanada qulay. Ushbu videoyo‘riqnoma orqali siz ro‘yxatdan o‘tishdan boshlab arizani muvaffaqiyatli yuborishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni oson va tushunarli tarzda amalga oshirishingiz mumkin.
Videoda:
- online ariza topshirish tartibi;
- shaxsiy ma’lumotlarni kiritish;
- kerakli hujjatlarni yuklash;
- ariza holatini tekshirish jarayonlari ko‘rsatib beriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha mikrohudud doirasida qabul jarayonlari bo‘lib o‘tadi.








