Bayroq haqida sherlar – Vatan ramziga bag'ishlangan go'zal satrlar

Bayroq haqida sherlar – Vatan ramziga bag’ishlangan go’zal satrlar

Bayroq haqida sherlar – Vatan ramziga bag'ishlangan go'zal satrlar

Bayroq haqida sherlar – Vatan ramziga bag’ishlangan go’zal satrlar.

Bayroq — har bir xalqning g‘ururi, erkinligi va mustaqilligining timsolidir. U yurtimiz tarixini, orzu-umidlarini va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Har yili 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni sifatida keng nishonlanadi. 1991-yilda qabul qilingan bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, tinchligimiz va milliy g‘ururimizning timsolidir. Shu munosabat bilan siz uchun O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan Bayroq haqida eng chiroyli sherlar to‘plamini taqdim etamiz. Bu she’rlar o‘quvchilar, o‘qituvchilar va Vatanga sadoqatli yurtdoshlar uchun ilhom manbai bo‘ladi.

O’zbekiston bayrog’i: tarixi, ramzi va 18-noyabr bayroq kuni

Qo’limda bayroq she’ri.

Bayroq rasmlari

Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!
Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.
Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.
Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im –
Vatan bayrog‘i.

Bayrog’imiz dunyo uzra.

O'zbekiston bayrog'i rasmi

Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi.

Vatan haqida sherlar

Mo’tabar bayrog’imiz.

Bayroqdagi to‘rt xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to’ldirar
Maqsad sari tenglikda
Havo rang tinchlik demak
Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli
Ma’nolarni so’zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi
Yangi chiqqan to’lin oy
Har ko’zni o’zga chorlar
Duoga ochamiz qo’l
Dilga nur,poklik solar
12 baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i.

Davlat ramzlari haqida sher.

Bayroq rasmi

Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu –baxt , deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq , gerb va madhiya.
Bugun dadam berar dars
Asramog’ing shart deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.

O’zbekiston bayrog’i haqida sherlar.

Havorang, oq va yashil,
Bordir qizil belbog’i.
Shuning uchun chiroyli
O’zbekiston bayrog’i.
O’n ikki baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar.
Unga dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt, deb atar
Yer yuzining har yog’i.
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i.

8-dekabr – O’zbekiston Konstitutsiyasi kuni uchun eng yangi sherlar

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top