Hamid Olimjon - O'rik gullaganda sheri

Hamid Olimjon – O’rik gullaganda sheri

Hamid Olimjon - O'rik gullaganda sheri

Hamid Olimjon hayoti va ijodi.

Iste’dodli shoir, dramaturg,tarjimon, adabiyotshunos va fol`klorshunos olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926) O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi.

Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro’znoma muharririyatiga ishga o’tdi. Hamid Olimjonning «Ko’klam» nomli ilk she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so’ng «Olov sochlar» (1931), «O’lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to’plamlari nashr etildi.

O’zbek xalq og’zaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so’z boshi bilan (1938) chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o’tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hamid Olimjon 1939 yildan to 1944 yilda avtomobil halokatiga uchrab dunyodan ko’z yumganiga qadar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qildi.

Hamid Olimjon o’zining «Daryo kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937), «O’lka» (1939), «Baxt» (1940) to’plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), «Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan novator shoir sifatida davrining ilg’or g’oyalarini tarannum etdi.

Ikkinchi jahon urushinning olovli yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo’lib kelayotir.Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko’pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilingan.

Ona haqida sherlar – eng ta’sirli va sara she’rlar to’plami

O’rik gullaganda sheri.

Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi…

Novdalarni bezab g’unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo’lar takror,
Har bahor ham shunday o’tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli, deyman va qilmayman g’ash,
Xayolimni gulga o’rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi, deya so’rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor, deb esadi yellar.
Etgan kabi go’yo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar…

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so’ylar roz,
Men yurganda bog’larga to’lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:

«Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo’l,
To o’lguncha shu o’lkada qol.

Umrida hech gul ko’rmay, yig’lab
O’tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig’lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda…»

Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi…

Har yurakning bahori bor sheri.

Muhabbat-ul o’zi eski narsa,
Lekin har bir yurak
Oni yong’orta…
Hodi Toqtosh

Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga
ishq bo’lar mehmon.
Har yurakda gullar muhabbat,
Bo’ston etar uni begumon.

Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.

Eng gullagan yoshlik chog’imda.

Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining bo’yi bilan mast.

Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yo’qoldim.

Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim

Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.

Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Zulfiya Isroilova tavalludi – 1-mart: eng sara Zulfiya sherlari

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top