8-mart uchun sherlar 4 qator

8-mart uchun sherlar 4 qator

8-mart uchun sherlar 4 qator

8-mart uchun sherlar 4 qator.

Bugun biz aziz onajonlarimizni quvonch bilan tabriklash uchun to‘planganmiz – 8-Mart Onajonlar bayrami. Ushbu sahifada siz uchun maxsus tayyorlangan qisqa 4 qatorlik sherlar mavjud bo‘lib, ular ona va ayollarga bo‘lgan mehrimizni ifodalaydi. Har bir she’r qalbimizdagi iliqlik va minnatdorlikni aks ettiradi. Keling, onajonlarimizni tabassum va samimiy so‘zlar bilan quvonchga to‘ldiraylik!

8-mart onajonlar bayrami ssenariysi

Onajonimga tabrik sher.

Aziz mehribonim mening Onajon,
Ayyomingiz muborak ey ulug’ inson.
Sizni tabriklayman, baxtlar tilayman,
Dunyo ezguligin sizga atayman.
Bor bo’ling azizam, bizga bosh bo’lib
Ko’z yosh to’kmang aslo, ko’ring yaxshilik
Sizga vujud ila ta’zim qilaman,
Volidai onam, muhtaram onam.

Mehribon oyijonim.

Juda ham a’losiz, oyijon,
Juda ham donosiz, oyijon.
Siz meni qo’zim, deb sevasiz,
Nur to‘la ko’zim, deb sevasiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o‘rgilib, erkalab.
Shu aziz boshimni silaysiz,
Menga baxt, omonlik tilaysiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.

Oyijon.

Oqshomlar uxlamay aytganda alla,
Ovozin tinglarkan yetti mahalla.
Ovozim boricha aytay baralla
Oyijon men sizni yaxshi ko’raman

Onajonim.

Onajonim sog’ bo’ling,
Baxtimizga bor bo’ling!
Eng quvonchli kunlarda,
Har doim yonimda bo’ling!

Ona.

Ko’kda yulduz uchsa nogahon,
Bitdi, derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g’amni ko’tarmak oson,
Bu ehtimol, bizlar haqdadir.

Ba’zi tunlar ko’kka tikib ko’z,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku yulduz
Qulab tushsa arziydi osmon.

Onajonim mehribonim.

Onajonim mehribonim
Ayyomingiz muborak
Sizga bolsin dunyodagi
Jamiki ezgu tilak

Bahtimizga bosh boling siz
Ko’z yosh tokmangiz aslo
Poyingizda bo’lsa arzir
Onajon butun dunyo

Onam mehri.

Quyoshdan oldin turib,
Bizga non yopgan onam.
Bor mehrini dilimga,
Kaftida tutgan onam.
Onam mehri beqiyos,
Ta’rifiga tilim lol.
Onajonim kulsalar
Labidan to’kilar bol.
Menga oltin, kumushmas,
Faqat onam bo’lsa bas.
Hatto ko’kda oy, yulduz
Bizga qiladi havas.

Sakkizinchi mart bilan tabriklayman onajon.

Yetkazdingiz voyaga bizni avaylab asrab,
Shodonlikda ulg’aydik doimo kulib o’ynab,
Barchasi uchun rahmat, sog’lom bo’ling har qachon,
Sakkizinchi mart bilan tabriklayman onajon.

Onajonlar bayrami.

Quyosh kulib boqqan kun
Bahor tanaga yoqqan kun
8 – mart bu kun
Onajonlar bayrami.

Aziz ayollar sheri.

Porlab turar yuzlari
Surar shirin hayollar
Bayramingiz muborak
Bugun aziz ayollar

Mehr degan bir ajib
His tuyg`uning bulog`i
Sizlar borki o`chmaydi
Xonadonlar chirog`i

Dardingiz ichga yutib
Doyim kulib turasiz
Mehri daryo chiroyli
Farishtalar bo`lasiz

8-mart ayyomingiz muborak bolsin.

Erta bahor gullagan binafsha misol,
Konglingiz doim begubor bolsin.
Yangi ochilgan gul Lola misol,
Lablaringizda doim tabassum bolsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo,
8-mart ayyomingiz muborak bolsin.

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top