Ona haqida sherlar.
Ona – inson hayotidagi eng aziz, eng mehribon va eng muqaddas zotdir. Ona mehri cheksiz, uning duosi esa inson uchun eng katta boylik hisoblanadi. Shoirlar ham asrlar davomida ona mehrini, uning fidoyiligi va buyuk qalbini she’rlar orqali madh etib kelganlar. Ushbu sahifada siz ona haqida eng chiroyli, ta’sirli va ma’noli she’rlar to‘plamini o‘qishingiz mumkin. Bu she’rlar onajonlarga bo‘lgan hurmat va muhabbatni yanada chuqurroq his etishga yordam beradi.
8-mart bayram tabriklari – eng sara, samimiy va chiroyli tilaklar
Iltimos umr ber meni Onamga…
Nomingdan aylanay mehrbon tangrim,
Dardlarga chidayman chiday sitamga,
Ohlarim eshitgin bitta ilim,
Iltimos umr ber meni Onamga…
O’g’riqdan ko’zlari hira tortmasin,
To’yimda o’ynasin hassa tutmasin.
Bardoshim etmaydi kasal yotmasin,
Iltimos umr ber meni onamga.
Ona desam jonim dedigan o’zi,
bunivlida o’chmasin omonat izi.
Ka’bani yordamay quvnasin ko’zi,
Iltimos umr ber meni onamga.
Yaxshiyam siz bor, onajon…
Mehr bergan beminnatimsiz,
Ilk ko‘rganim muhabbatimsiz.
Zamin ichra chin jannatimsiz,
Yaxshiyam siz bor, onajon…
Quvonchimning adog‘i yo‘qdir,
Yo‘lim ravon, qadog‘i yo‘qdir.
Yuragimni hech dog‘i yo‘qdir,
Yaxshiyam siz borsiz, onajon.
Duog‘uyim, uyimning fayzi,
Bosgan izim, yo‘limning fayzi.
O‘tgan kunim, umrimning fayzi,
Yaxshiyam siz borsiz, onajon.
Omadimni tilaganim siz,
Boshginamni silaganim siz.
Omonlikni so‘raganim siz,
Yaxshiyam siz borsiz, onajon.
Onamning ko‘ngli sezar.
Jismim chekса dard-u g‘am,
Xorg‘inlik ruhim ezar.
Jonimga kuyib har dam,
Onamning ko‘ngli sezar.
Boshimga yog‘sa toshlar,
Yetmay qolsa bardoshlar,
Ko‘zimdan oqsa yoshlar,
Onamning ko‘ngli sezar.
Sinovlar kelib qator,
Holim tang bo‘lsa abgor,
Jim tursam qilmay oshkor,
Onamning ko‘ngli sezar.
Ishlarim yurmasa hech,
Omadim kulmasa hech,
Duo qilib erta-kech,
Onamning ko‘ngli sezar.
Nur yuzlari oy kabi,
Bordir mehrining ta’mi,
Ko‘paysa yelkam g‘ami,
Onamning ko‘ngli sezar.
Chin muhlisi, san’atim,
Poydevori qudratim,
Siz va otam davlatim,
Sizlar bor, umrim bezar.
✍️Abdumuttalib Ergashaliyev
Dunyoda onadan muhim odam yo‘q…
Qachondir qaytasan, uyda onang yo‘q,
Deraza uvlaydi sovuq shamoldan.
Anglaysan hayotning haqiqatini –
Dunyoda onadan muhim odam yo‘q…
Yuraging tig‘laydi mash’um jimjitlik,
Endi yolg‘izliging bilib yig‘laysan.
Samolardan izlab o‘tinch-u taskin,
Shivirlaysan, yana «Onajon» deysan…
Ona, oldimdagi oqqan anhori m,
Men seni cho‘llarga tomon yo‘lladim.
Toshlarni siladim, tikanlar o‘pdim,
Jannat rayhonimni hidlab qo‘ymadim.
Men qochdim, sen quvding ilhakda joning,
Balolardan qolgan tentak boshimdir.
Karbaloda sotdi meni musulmon,
Sotmagan sen qolding, haqiqat shudir.
Zulfiya Isroilova tavalludi – 1-mart: eng sara Zulfiya sherlari
Boringizga shukur, onajon.
Duoingiz bizlarga qo‘rg‘on,
Bolam deysiz hamisha har on,
Xonadonim sizla charog‘on,
Boringizga shukur, onajon.
Betob bo‘lsam tepamda giryon,
Yig‘lasam gar, qalbingiz vayron,
Yaratasiz har nega imkon,
Boringizga shukur, onajon.
Siz bor doim ko‘nglim xotirjam,
Qalbda butun shodliklarim jam,
Ostonamga yo‘lamaydi g‘am,
Boringizga shukur, onajon.
Ko‘nglimizga mehringiz qalab,
Evaziga qo‘ymasdan talab,
Quchoqlaysiz doim erkalab,
Boringizga shukur, onajon.
Har zarbadan asragan qalqon,
Goho qilib tog‘larni talqon,
Qiyosi yo‘q, bebaho inson,
Boringizga shukur, onajon.
Dunyo shodliklaridan tonib,
Bizlar uchun qovrilib, yonib,
Yashadingiz har nega ko‘nib,
Boringizga shukur, onajon.
Farishtamsiz, biram beozor,
Hech kimsaga bermagan ozor,
Haqdan sizga mukofotlar bor,
Boringizga shukur, onajon.
✍️ Muslima
Tavof qil poyini, bo‘lasan hoji.
Qara, volidangni oqargan sochi,
Uning xizmatida umr xiroji.
Makkaga borishga imkoning yo‘qmi,
Tavof qil poyini, bo‘lasan hoji.
Gupurmasa qoni, tosh qotar yurak,
Ehsonlar qildim deb, kermagin ko‘krak,
Naqshinkor qabrtosh kim uchun kerak?..
Qadrla onangni hayotligida.
Ketsa, yetmas uzun karvonlaring ham,
Ko‘klarga ulangan narvonlaring ham,
Dasturxonda sovir shirmonlaring ham,
Qadrla onangni hayotligida.
Yo‘qotganda odam turgandan to‘plab,
Yaxshidir kaftidan suvlarni ho‘plab,
Yurganing: “Onajon, bo‘pti, xo‘p-xo‘p”lab,
Qadrla onangni hayotligida.
Tirigida ensang qotib turasan,
Har so‘zida xato, ayb ko‘rasan,
O‘lgach yelpig‘ichin ko‘zga surasan,
Qadrla onangni hayotligida.
Qara, oh urmoqda qaysidir birov,
Butun boyligimni qo‘ysam-da garov,
Onamni ko‘rsam der bir lahza, birrov,
Qadrla onangni hayotligida.
O‘zidek mehribon bo‘lganing yaxshi,
Qoshida shod-xandon kulganing yaxshi,
Yo‘qsa, farzand bo‘lmay o‘lganing yaxshi,
Qadrla onangni hayotligida.
Onamsiz ro‘za tutdim.
Keldi mohi Ramazon,
Sahar aytildi azon,
Titrab ketdi yolg‘iz jon,
Onamsiz ro‘za tutdim.
Ko‘nglim taskin topolmay,
Hech o‘zimda bo‘lolmay,
Dildan g‘amim ololmay,
Onamsiz ro‘za tutdim.
Yurak buncha yig‘laysan,
Bag‘ri dilim tig‘laysan,
Hech o‘zingga kelmaysan,
Onamsiz ro‘za tutdim.
Tatimas yegan oshim,
Yetmas sira bardoshim,
Aylanar g‘arib boshim,
Onamsiz ro‘za tutdim.
Tuymay shirin iforin,
U ko‘zlari xumorin,
Topolmasdan diydorin,
Onamsiz ro‘za tutdim.
Beray barcha savobim,
Mehribonim, oftobim,
Mangu Ka’batullohim,
Onamsiz ro‘za tutdim.
Qo‘lim ochib duoga,
Zikr qilib Xudoga,
Jannat so‘rab onamga,
Onamsiz ro‘za tutdim…
Onangni asra, bolam!
Bu so‘zlarni aytmadim,
O‘zimcha, o‘zim bolam,
Bu vasiyat, bu qonun,
Tinglagin so‘zim, bolam.
Ruju qo‘yma tillosi,
O‘tar kuyu, yallosi,
Besh kunlik bu dunyosi,
Anglagin so‘zim, bolam.
Mendan keyin kuymasin,
Joni og‘rib yurmasin,
Onang xasta bo‘lmasin,
Onangni asra, bolam.
Kaftdagi qordek joni,
Parlagan pardek joni,
Xavf-xatar to‘rt tomoni,
Onangni asra, bolam.
Vaqti zoye o‘tmasin,
Xalq ham uzoq kutmasin,
Ko‘zim ochiq ketmasin,
Ko‘zlarimni yop, bolam.
Azroil olsa jonim,
Qolmas chora, imkonim,
Bittagina armonim,
O‘zingdan baxt top, bolam.
O‘y-xayolga toldirmay,
Savobingni oldirmay,
G‘assolga ish qoldirmay,
Jasadimni yuv, bolam.
Eng oldi safda turib,
Sajdaga boshing urib,
Ruh orom topsin ko‘rib,
Janozam o‘qi, bolam.
Qo‘ling oshga yetkanda,
Bu ham qismat ekanda,
So‘ngi bora yelkangda,
Tobutimni tut, bolam.
Qo‘rqmasdan qo‘l uzatib,
Kafanimni tuzatib,
So‘ngi yo‘lga kuzatib,
Qabrimga qo‘ygin, bolam.
Yo‘qligimni bildirmay,
Dilin g‘amga to‘ldirmay,
Qabrimga ham keltirmay,
Onangni asra, bolam.
Ko‘rsa yana yig‘laydi,
Ko‘z yosh to‘kib tinmaydi,
Ruhimni ham qiynaydi,
Onangni asra, bolam.
Bu so‘zlarni aytmadim,
O‘zimcha, o‘zim bolam,
Bu vasiyat, bu qonun,
Tinglagin so‘zim, bolam.
Kaftdagi qordek joni,
Parlagan pardek joni,
Xavf-xatar to‘rt tomoni,
Onangni asra, bolam.
(Onangni asra, bolam…)
Sizni faqat Alloh suysin, onajon!
Bu dunyo men uchun siz bilan go‘zal.
Onajonim mening mehribonginam.
Siz bilan yeganu ichganim asal,
Ko‘zlari yo‘limda intizorginam.
Ne kunlar ko‘rmadi aziz boshingiz,
Lek hech kim ko‘rmadi ko‘zda yoshingiz.
Mehnatu zahmatdir dil sirdoshingiz,
Be ozor dilxumor onajonginam.
Ba’zilar ko‘ylaging sonini bilmas,
Sayllarda yangi kiymagan onam.
Pishirgan taomim umrida bir bor,
O‘ziga birinchi so‘zmagan onam.
Bolam, uyim joyim otam dedingiz,
Qachon o‘zingizni o‘ylaysiz ona?
“Sizlar uyim joyim otang” dedingiz,
“Shudir mening baxtim, quvonchim” onam…!
Sochingiz oqni yopmay yashirmay,
Qoshlariga o‘sma qo‘ymagan onam.
Odob, axloqi, yu odamiylikdan,
O‘chmas imoratlar qurgansiz onam.
Bahor gullarni yoymish gilamlar,
Go‘yo ular poyingiz uchun.
Chekingizga zahmat yozgan qismatning,
Sizdan uzaayotgan qarzimi onam.
Barchamiz ko‘nglimiz birdak oldingiz,
Bizchi ko‘nglingiz ololdikmikan?
Hayotda asqotar o‘gitlaringiz,
Duoyingiz qo‘llar bizni, onajon.
Xokisor dilingiz kimdir og‘ritsa,
Mayli ular davrin sursin, onajon.
Mayli sizni kimdir suymasa, suymasa,
Sizni faqat Alloh suysin, onajon!
Chiroyligim onam, nurli farishtam.
Chiroyligim onam, nurli farishtam,
Tandagi jonim bir uzilmas rishtam.
Siz borki qadim g‘oz yuraman g‘olib,
Yaqin kelolmaydi ming dardli sitam.
Oy hamon uylar husningiz boqib,
Mehringizga anhоr shoshilar oqib.
Siz mening onamsiz, chuchmomam onam,
Bugun bahor kelsin sizga gul taqib.
Menchi nima qildim bir qobil bo‘lib,
Ajinli izlarga qo‘ydim yo‘l solib.
So‘rang dunyolarga qo‘shib jonimni,
Tutayin onajon borimni topib.
Aslida belingiz bukilmaganda,
Bu qalbga sehringiz to‘kilmaganda.
Men qanday yashardim, ayting onajon,
Umrimga umrtingiz tikilmaganda.
Maylimi sizga bir qilsam iltimos,
Og‘rib qolmasmikin ko‘nglingiz biroz.
Faqat bir kungina, bolam, deb bir dam,
Yashang o‘zingiz, chun onajon biroz.
Siz meni o‘ylamang, bo‘lma jоn sarak,
So‘rayman Xudodan qilsin zo‘r tirgak.
Endi navbat bering menga onajon,
Boshimda ko‘tarib bo‘layin poygak.
Siz mening onamsiz, oymomam onam,
Chiroyligim meni gullolam onam.
Jonimga jon qadar jonini tutgan,
Jannatga yo‘l solgan kuy nolam onam.
✍️ Shalola Jalolova
Topolmay qolasan ota-onangni.
Borida qadrla, bo‘lma beparvo,
Armon muzlatadi bir kun tanangni.
Jami yaxshilikni ko‘ravеr ravo,
Topolmay qolasan ota-onangni.
Davrida o‘ynaysan, quvnaisаn kulib,
G‘am nima bilmasan, erkаlik qilib,
Ko‘nglini og‘ritma, ranjishin bilib,
Topolmay qolasan ota-onangni.
Borligi omading, baxtingdir seni,
Eng katta boylik shu taxtingdir seni,
Mehr ber, avaylab asragin uni,
Topolmay qolasan ota-onangni.
Ko‘ziga tik boqma, hurmatini qil,
Ular gapirganda tiyib turgin til,
Ming shukurlar aytib xizmatini qil,
Topolmay qolasan ota-onangni.
Ey do‘stim, g‘animat o‘tayotkan kun,
Yaxshi ko‘raman deb aytavеr har kun,
Duolaring olib yashagin mamnun,
Topolmay qolasan ota-onangni.
Yig‘lab, ovunasаn, quchib bolangni,
Qadri o‘tkаnida ota-onangni,
Tiriklik chog‘ida qadriга yetgin,
Topolmay qolasan ota-onangni.
✍️Abdumuttalib Ergashaliyev
Onalar oyo‘g‘i ostida jannat.. ❤️
Onajon so‘zlaringiz biram yoqimli,
Mehr quyoshingiz olamning naqshi.
Men sizla baxtliman, judayam baxtli,
G‘am emas, erishib bo‘lmas orzular.
Meni sevmasalar qilmaydi alam,
Qancha mehr mavjud menda bilmayman.
Ammo bilganim shu, bari siz uchun,
Men sizni hammadan yaxshi ko‘raman.!
Jannatda boshimga to‘j kiydir, bolam!
Qur’onni tamoman yodlagin, bolam,
Tajvidni o‘rganib, maddlagin, bolam.
Saman otni minib otlangin, bolam,
Yordam berolmagay na jiyan – tog‘am,
Jannatda boshimga to‘j kiydir, bolam.
Odamlar sendan hech rozi bo‘lmaydi,
Ilmsiz qorilar qozi bo‘lmaydi,
Qo‘shiqchining go‘zal ovozi bo‘lmaydi,
Odamlarni o‘z holiga tashlagin, bolam,
Qur’onni tajvidla boshlagin, bolam.
Qiyomatda holim juda harobdir,
Qilgan ishing asli juda savobdir,
Hatto johillarga bo‘lgay javobdir,
Yordamga kelmagay na amma – holam,
Jannatda boshimga to‘j kiydir, bolam.
Buyuk hofizlardan o‘rgan Qur’onni,
G‘animat bil senga berilgan onni,
Hatto avaylagin bir burda nonni,
Yordam berolmasa hatto ota – onam,
Jannatda boshimga to‘j kiydir, bolam.
Kechalari tahajjudda qilib nolalar,
Seni deb oqardi bu soch tolalar,
Ko‘cha changitib o‘ynab yursa bolalar,
Yordam berolmagay na inim – og‘am,
Boshimga nurli to‘j kiydirgin, bolam.
Besh kunlik dunyoning lazzati qursin,
Qo‘shiqchilar oldingda indamay tursin,
Qur’oni bilmaganlar armonda bo‘lsin,
Mening bittagina o‘tinchim – nolam,
Jannatda boshimga to‘j kiydir, bolam.
Dunyoning ishlari ado bo‘lmaydi,
Qorilarning yuzi qaro bo‘lmaydi,
Hatto qiyomatda gado bo‘lmaydi,
Qur’onni yodlabon qori bo‘l, bolam,
Ota-onang dardiga dori bo‘l, bolam.
Ka’abani tavof etib, hoji bo‘l, bolam,
Qiyomatda ota-onang to‘ji bo‘l, bolam.
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona
Bugun baxtli kunlarning oldi,
Garchi yurak sinovdan toldi.
Yaqin qoldi, ozgina qoldi,
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona.
Davru davron suring yonimda,
Siz quvonib yuring yonimda.
Duo qilib turing yonimda,
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona.
Bugun o‘xshamasdan ishlarim,
Begonadek do‘st tanishlarim.
To‘xtamayman, tugab qishlarim,
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona.
Uy quraman, uy emas saroy,
Siz u uyni yoritguvchi oy.
Men bo‘laman boylaridan boy,
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona.
Pinhon armonlari so‘lasiz,
Hali quvonchlarga to‘lasiz.
Siz eng baxtli ona bo‘lasiz,
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona.
Ketayapman bosib qadamlar,
Bizni kutar, biz kutgan damlar.
O‘g‘lingiz zo‘r deydi odamlar,
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona.
Yaqin baxtlar bilan oramiz,
Erta yorishadi qoramiz…
Hojilarga birga boramiz,
Zo‘r bo‘ladi hammasi ona.
✍️ Odilbek Qodirov
Ona haqida sherlar.
Do‘st-u, yor ham, bir kun tark etar,
Chidab yursam, og‘riqlar bitar,
Ayting, meni sizdek kim kutar?
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Ro‘zg‘orim deb elib, chopasiz,
Erta tongdan nonlar yopasiz,
Shuncha kuchni qaydan topasiz?
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Siz emasmi “bolam” deb quchgan,
Kaftingizni qado‘gi ko‘chkan,
Ro‘molingiz ranglari o‘chgan,
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Biz tufayli bo‘ldingiz ado,
Umringizni qildingiz fido,
Joningizni asrasin Xudo,
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Dilim g‘amga to‘ldirmagan siz,
Ko‘zim yoshga to‘ldirmagan siz,
Dard chekib ham bildirmagan siz,
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Bolam, deng bir elib chopayim,
Bag‘ringizdan orom topayim,
Kaftingizdan bitta o‘payin,
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Ko‘nglingiz keng, cheksiz daladek,
Qizarsa ham qizil loladek,
Quloqimdan cho‘zing boladek,
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Teng kelmaydi hech bir kuy, yalla,
Siz hirgoya qilgan bir palla,
Ayting, berin bir bora alla,
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Narxi qancha, jon bilan to‘lay,
Ko‘zingizda o‘zimni ko‘ray,
Bolalikka qaytgandek bo‘lay,
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
Ro‘zg‘orim deb elib, chopasiz,
Erta tongdan nonlar yopasiz,
Shuncha kuchni qaydan topasiz?
Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!
✍️ Kamronbek Ismoilov
Onamdan boshqa…
Kunduz quyosh izlab, tunlari qamar,
Qanchayin yillarim ketdi besamar,
Keyin-keyin deya shu kungа qadar,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Qancha davralarni to‘ldirar jismim,
Maqtashni boshlaydi eshitgan ismim,
O‘ylasam og‘riydi qalb degan qismim,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Maishat xohlаgan ko‘nglimga qulman,
Armonlar yondirsa bir siqim kulman,
Ahir u sababli yashnаgan gulman,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Shaharlar aylаndim nafsim ko‘yida,
O‘tiridim dengizlar, daryo bo‘yida,
Tinmadim bir lahza boylik o‘yida,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Tosh qotgan qalbimga mehrlar solib,
Ko‘nglini olmаbman yonida qolib,
Bir bora bormadim dasta gul olib,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Menga hech dardini aytmabdi ey voh,
Nahotki shunchalar bo‘ldimmi gumroh,
So‘zimga ishonинг vijdonim guvoh,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Bir kuni tutmasmi sog‘inch uvoli,
Qandayin yashayman qаdardan holi,
Ahir men tufayli qadding doli,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Yetar, bas nafsimga boqmayman qiyo,
Mayli yuz o‘girsin mendan bu dunyo,
Xatosin tushundi eh, Zohid Ziyo,
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Hammaga vaqt topdim Onamdan boshqa…
Onajon haqida sher.
Onajon, jon ona, bag‘ringga yashir,
Sovqotib ketyapman saratonda ham.
Aytgin nima qilay, men shurlik ahir,
Mehringni sog‘inib ketdim juda ham.
Huv – ana yulduzlar, do‘stim bo‘ladi,
Miltillab yonsalar, termulib boqdim.
Faqat shular kulib boqadi menga,
Yuragim sezadi, men unga yoqdim.
Bag‘ringni sog‘inib ketdimda ona,
Sen ham meni chorla shundayin mushtoq.
Bu cheksiz gumbazda bir oyga oshno,
Bag‘ringni sog‘inib yashayman mutloq.
Onajon, jon ona, bag‘ringga yashir,
Yuragim yonayapti qahratonda ham.
Aytgin nima qilay, men shurlik ahir,
Bag‘ringni sog‘inib ketdim juda ham.
Onajonim chiroyligim.
Agar yuz yil umrim bersa ul Egam,
Yuz yil sizga qullik qilib o‘tsam kam.
Mingta jonym bo‘lsa, fido qilsam ham,
Qarzbordirman yana ming bor, jon ONAM.
Onajonim, jonym onam, jon otam,
Yetim jonga buncha alam, muncha g‘am?!
Mehribonim yo‘qdir sizdek bitta ham,
Butkul bo‘shab qoldi sizsiz bu olam.
Oyog‘ingiz quchib bir bor upmadim,
Poyingizga boshim asta qo‘ymadim,
Faryod urib izlab sizni topmadim,
Mehringizga aslo-aslo to‘ymadim.
Tinmay upib, ko‘zga surtip qo‘lingiz,
“Bo‘l”, desangiz, bo‘lay edi qulingiz.
Sizsiz dunyo zulmat bo‘ldi men uchun,
Mahshar qadar poylar bo‘ldim yo‘lingiz.
Nasib etsa Alloh, jannatlarda ham
Xizmatingiz qilsam qolmasdi armon,
Sizni baxtli ko‘rsam, pano‘him – otam,
Suyanchim mening jonym, onajon!
✍️ Shahobiddin Odil.
Bolangni kechir – onajonlarga atab sher.
Ona, vujudinggni tosh deb o‘ylabman.
Hali dardni yengar, yosh deb o‘ylabman.
Har yutgan luqmangni osh deb o‘ylabman,
Hasratlar yutirgan bolangni KECHIR!
Soching oqlaridan to‘kilar dardlar.
Yuzing ajinidan o‘qilar dardlar.
Ko‘zimga g‘am bo‘lib tikilar dardlar,
Hasratlar yutirgan bolangni KECHIR!
ONA, yuragimni tilkalar, vijdon,
Sog‘liging so‘radim, bilmadim qachon.
Bugun dushmanimdir so‘nggi pushaymon,
Hasratlar yutirgan bolangni KECHIR!
ONA, lablaringni qavjirattgan men,
Yo‘limga qaritib jovdirattgan men,
Yuragingni dard bilan titrattirgan men,
Hasratlar yutirgan bolangni KECHIR!
Savodxonlik Bayrami (Alifbe Bayrami) – eng zamonaviy, kreativ ssenariylar









