21-mart Navro’z bayrami haqida sherlar.
21-mart Navro‘z bayrami – xalqimizning eng qadimiy va milliy qadriyatlariga boy ayyomlaridan biridir. Navro‘z tabiatning uyg‘onishi, yangi yilning boshlanishi va yangilanish ramzi sifatida keng nishonlanadi. Ushbu Navro‘z bayrami haqida she’rlar, tabriklar va tadbir dasturlari orqali yosh avlod milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishadi.
Navro‘z bayrami 21-mart kuni kirib kelib, bahor faslining ilk kunini boshlab beradi. Bu kunda yurtimizda sayillar, bayram tadbirlari, milliy o‘yinlar va sumalak sayli tashkil etiladi. Navro‘z — tinchlik, do‘stlik va mehr-oqibat bayramidir.
21-mart Navro‘z bayrami haqida she’rlar esa ushbu ayyomning go‘zalligini, bahorning nafisligini va inson qalbidagi ezgu tilaklarni ifoda etadi. Har bir she’rda yangilanish, baxt va baraka tuyg‘usi mujassam.
Navro‘z muborak bo‘lsin!
Navro’zi ayyom muborak bo’lsin.

Navro’z haqida sherlar- bolalar uchun.
Navro’zi olam bo’lsin muborak.
Baxor gullaridan guldasta sizga
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga
Bir asr yashanggu, ya’na nim chorak
NAVRO’ZI OLAM bo’lsin muborak
Xush kelibsan Navroʼzoy!
Sevinchdan koʼzimda yosh,
Oʼzgacha porlar quyosh,
Qutlar seni qari, yosh,
Xush kelibsan Navroʼzoy!
Kelmoqda Navro’z.
Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi.
Xush kelding Navro’z O’zbekistonga.
Xush kelding Navro’zim O’zbekistonga,
Xush ko’rdik boychechak bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga,
Anvorlar toshiydi toza yellaring.
Navro‘zoy haqida ertak.
Sumalak haqida ertak.
Bor ekanda, yo‘q ekan,
Och ekanda, to‘q ekan.
Juda qadim zamonda,
Qalin o‘rmon tomonda.
Bor ekan go‘zal qishloq,
Saranjom ekan har yoq.
Shirinso‘z odamlari,
Hushchaqchaq ekan bari.
Erta turib azonda,
Ko‘cha supurar tongda.
Bir~birini ko‘rganda,
Shirin so‘zlar ekanda!
Inoq ekan shunaqa,
Mehmondo‘st, hushmuomala!
Ko‘lib qarashar ekan,
Sog‘lik tilashar ekan.
Ko‘rishganda»Assalom»,
Der ekan»Bo‘ling omon».
Qo‘shniga darmon shunday,
Qalin, mehribon shunday!
Yolg‘izlatmas bir~birin,
So‘zlamaskan yashirin.
Hamma jamul~jam ekan,
G‘urbat~qayg‘u kam ekan.
O‘rtada osh~tovog‘i
Hech kim o‘ymas qovog‘in.
Kattalari xurmarda,
Kichiklari izzatda!
Birga qilib mehnatni,
Teng bo‘lib daromadni.
Uylar qurushar birga,
To‘ylar qilishar birga!
O‘rmonning so‘l chetida,
Shunday yo‘lning betida.
Bordir yana bir qishloq,
Abgor,yerlari toshloq.
Hazon o‘yilib yotar,
Yursang tikanak botar.
Odamlari ham bo‘lak,
Chehrasin ochmas andak.
Qovog‘i bo‘lib tugun,
So‘kishar og‘iz~burun.
Yoqalashar erta~kech,
Biron kun o‘tmaydi tinch.
Qo‘ni~qo‘shni chiqishmas,
Shirin so‘zni bilishmas.
Hasad bilan boqishar,
Ig‘vo o‘tin yoqishar.
Mehnat nima bilmaydi,
Tekin taom izlaydi.
Hamma ulardan bezor,
Qochishar topib ozor.
Ikki qishloqni inoq,
Qilayin deya itfoq
Uzoq yo‘ldan yurib mo‘l,
Qo‘llarda qo‘shsha tugun.
Tugunlarida~»Mehr»,
‘Shirin soz» go‘yo sehr!
Ko‘p olib xush tilakni,
»Mehnatni»~eng kerakni.
Kulib keldi Navro‘zoy,
Olamga berib chiroy.
Tugunlarini ochdi,
Shirin so‘z, mehr sochdi.
To‘lib ketdi» Assalom»,
»Xush ko‘rdik»,»Bo‘ling omon»
»Kechiring» va»Sog‘ bo‘ling»,
»Go‘zalsiz»,»Kulib yuring»
Ikki qishloq jam bo‘ldi,
Quvonchdan ko‘z nam bo‘ldi.
Tozalab yo‘laklarni,
Ko‘mdilar xandaklarni.
Yosh nihollar ekishdi,
Yerni sevintirishdi.
Gulga to‘ldi har tomon,
Yorishib ketdi osmon.
Qo‘shnilar tilab tilak,
Pishirdilar~Sumalak.
Yurtimiz tinch bo‘lsin deb,
G‘am~tashvish yo‘q bo‘lsin deb.
Shundan so‘ng ikki qishloq,
Bo‘ldilar rosa inoq.
Gina~kudrat yo‘q bo‘ldi,
Dasturxonlar to‘q bo‘ldi.









