Hosil bayrami tadbir ssenariysi

Hosil bayrami tadbir ssenariysi

Hosil bayrami tadbir ssenariysi

Hosil bayrami tadbir ssenariysi.

Mehrjon bayrami qadimiy xalq bayramlaridan biridir. U Zardushtiylik davridan boshlab nishonlangan bo‘lib, “Mehr” so‘zi qadimgi fors tilida “mehr, muhabbat, quyosh, yorug‘lik” ma’nolarini anglatgan. Bu bayram kuz faslida, hosil yig‘im-terimi yakunida o‘tkazilgan.

Bayramning asosiy g‘oyasi – mehr-oqibat, baraka, tabiat bilan uyg‘unlik, hosilning to‘kinligini qadrlashdir. Shu kuni odamlar bir-biriga sovg‘alar bergan, mehr ko‘rsatgan, dasturxonlarini yangi hosil mevalari bilan to‘ldirishgan.

O‘zbekistonda  u tarixiy va madaniy meros sifatida esga olinadi. Hosil bayrami va Mehrjon mazmun jihatdan juda yaqin bayramlardir.

Boshlang`ich sinflar uchun “Mehrjon bayrami” tadbiri ssenariysi

Tadbir o`tkaziladigan joy turli hil mevalar, ko`rgazmalar va shiorlar bilan bezatilgan. Sahnaga jarchi kirib keladi.

1-oktabr Ustozlarga tabrik sherlar

Jarchi: Ho-ho-ho, odamlaru odamlar!

Eshitmadim demanglar.
Hosil bayrami bugun,
Yuzlar shodlikdan gulgun.
Ko`rgan do`star darmonda,
Ko`rmaganlar armonda.

1-o`quvchi: Qani do`stim, bayramni boshlaymizmi?

2-o`quvchi: Albatta boshlaymiz, eng oldin mehmonlar bilan salomlashib olaylik.

1-o`quvchi: Assalom davramizning,
Siz aziz mehmonlari.
Assalom ilm-fanning,
Sohibu davronlari!

2-o`quvchi:
Hush kelibsiz onajonlar,
Otaxonlar assalom.
Hur Vatan chechaklari,
Bolajonlar assalom!

1-o`quvchi: Endi navbatni kimga bersak ekan?

2-o`quvchi: O`rtoqjon, ko`rib turibsanki, bugun hamma xursand. Chunki dehqonlar ham, bog`bonlar ham hosilni rejadan ortig`i bilan yig`ib-terib olishgan. Do`stim, bog`bon boboni chaqiraylikda, ularning dil so`zlariga quloq tutaylik.

1-o`quvchi: Mayli.

Bog`bon bobo, bog`bon bobo,
Davramizga marhabo.

Bog`bon bobo: Labbay aziz bolalarim, gulgun chehra donolarim. Hosil bayramingiz muborak bo`lsin! Men bog`imdan sizlar uchun shirin-shakar mevalardan olib keldim.

Bolalar: Rahmat bog`bon bobo, sizning ham bayramingiz muborak bo`lsin!

Navshati: Meni derlar navshati,
Mevalarim sharbatli.

Olma: Yuzlarim taram-taram,
Yesangiz maza biram.
Vitaminning koniman,
Asli darmondoriman.

Anor: Anorman, qizil yuzim,
Yumaloqman, men o`zim.
Ohista ochib po`stim,
Maza qilib ye do`stim.

Yong`oq: Kuz kelganda pishaman,
Qoqsang tap-tap tushaman.
Yog`li qilib noningni,
Tozalayman qoningni.

Jiyda: Bir mevaki, to`ni bor,
To`n ichida uni bor.
Faqat un, deb o`ylamang,
Ichida ustuni bor.

Nonjiyda: Kumush yaproq nonjiyda,
Hamma sevadi juda.
Qoqib olsak kuz chog`i,
Do`stlarning chog` dimog`i.

Do`lanaoy:  Tog` mevasiga kiraman. Mening beshta turim bor. Men tog` yon bag`irlarida, shag`alli qiyalarida o`saman, sarig`idan ko`ra qizil mevam juda ko`p kassalliklarga davo.

Uzum: Kishmish, charos, daroyi,
Oltin kabi husayni.
To`yib-to`yib yesang ham,
Tag`in ko`ngling tusaydi.

Dehqonbobo: Shirin-shakar bolajonlar! Bugungi hosil bayramingiz muborak bo`lsin deyman. Saxiy kuz o`zining saxovati, qut-barakasi bilan quyoshli yurtimizga kirib keldi. Yurtdoshlarimiz yil davomida qilgan mehnatlari mahsuli hosilni yig`ib-terib olishga kirishgan.. Dalalarda hosil mo`l bo`lgan. Xirmonlar, omborlar  don-dunda, kuz ne`matlariga to`lgan. Men bilan birga Bug`doyvoy, Makkajo`xori, Karam xola, Qovoqvoy, Sabzi, Piyoz, Garmdori, Kartoshka, Qovun va Tarvuz ham mehmon bo`lib kelishgan.  Keling endi ulardan ayrimlarining so`zlarini tinglaylik.

Sabzi:  Qizil-sariq rangda biz,
Yengilmaymiz jangda biz.
Askarlardek safimiz,
Tegadi ko`p nafimiz.

Piyoz:  Ro`zg`orda qish yo yozdir,
Eng kerakli piyozdir.
Oshga solmay ko`ringchi,
Ta`m bermaydi guruchi.
Erta bahor ekilgan,
Ko`k bargim koni foyda.
Shuni unutmang zinhor,
Men kerakman har joyda.

Lavlagi: Tinglang mening ham so`zim,
Ko`p dardga davo o`zim.
Kamqonlarga qon bo`lgum,
Ham shifo darmon bo`lgum.

Garmdori: Garmdori degani,
Yarim dori degani.
Taomga ta`m beraman,
Asabga dam beraman.
Ko`p ishlatsang atayin,
Bir odatim aytayin.
Achchig`imga bermay dosh,
Ko`zlaringdan oqar yosh.

Pomidor: Barglar ostidan,
Boqsam mo`ralab.
Uzgingiz kelar,
Tongda saralab.

Boshlovchi: Bolajonlar! Mana, hamma jamuljam bo`ldi. Aytingchi, davramizda yana kim yetishmayapti?

Bolalar: Biz uchun qimmatbaho oq oltinga teng Paxtaoy.

Boshlovchi: Keling bolalar, birgalikda davraga Paxtaoyni chaqiraylik.

Barcha: Paxtaoy, hoy Paxtaoy,
Davraga qo`sh, fayz chiroy.

Boshlovchi: Endi bolajonlar, nechog`li topqir ekanligingizni bilish uchun navbatni topishmoqlarga bersak

Kuz fasli haqida sherlar

  1. Marjon-marjon yumaloq,
    Yaproqlari shapaloq.
    Qora, qizil, sariq, oq,
    Yeb ko`rmasdan o`ylab boq.
  1. Mayda yoqutday qizil,
    Shirin, nordon xilma-xil.
    Qalin taxir po`sti bor,
    Hamma yerda do`sti bor.
  1. Yumaloq, semiz yog`i yo`q,
    Xo`ppa semiz, po`sti yo`q!
  1. Oq gulim, oppoq gulim,
    Husniga shaydo elim.

Boshlovchi: Bolajonlar,  keling endi tez aytish musobaqasini  o`tkazamiz.

  1. Ko`k karam ko`pmi,
    Po`k karam ko`pmi?
  1. Sobir sakkizta sabzi sanadi,
    Sakkizta sabzini Sobir sanadi.

Boshlovchi: Bolajonlar, keling bir kulishaylik. Navbatni qatra xandaga beramiz.

1-o`quvchi: Yer tagida hayot bormi?

2-o`quvchi: Yer tagida hayot yo`q unda hayot nima qiladi?

1-o`quvchi: Yer tagida hayot bor. Agar hayot bo`lmasa, rediskani kim qizilga bo`yaydi.

1-o`quvchi: Osmonda hayot bormi?

2-o`quvchi: Osmonda hayot nima qiladi?

1-o`quvchi: Osmonda hayot bor. Osmonda hayot bo`lmasa, kim yulduzlarni terib qo`yadi.

O`qituvchi: Aziz bayram qatnashchilari! Mana bugungi ajoyib bayramimiz ham nihoyasiga yetdi. Xushnud kayfiyat ila barchangizga sog`lik-omonlik tilayman. Yanagi hosil bayramigacha sog`-salomat bo`laylik. Yurtimiz tinch, hosilimiz bundanda mo`l bo`lsin!

Hosil, Mehrjon bayrami tadbir ssenariylari.

Hosil bayrami tadbir

HOSIL BAYRAMI

Hosil bayrami

Mehrjon bayrami tadbiri syenariysi

Mevalar haqida sherlar

 

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top