6-yo‘nalish uchun ro’yxat.
Qo‘shimcha qabul uchun tanlovda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi ikki toifa abituriyentlar ishtirok eta oladi:
➖o‘qishga kirolmaganlar;
➖testga kirgan, ammo OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamaganlar.
6-yo’nalish uchun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha qabul qilinadi
‼️O’tgan safar yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar uchun ham imkoniyat berilmoqda
Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uchun beriladi:
1️⃣ 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmaganlar, ya’ni o’qishdan yiqilganlar;
2️⃣ roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar, ya’ni o’tgan safar turli sabablarga ko’ra yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar.
Ushbu 2 ta toifa uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
➖davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
➖ roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
➖ ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
➖ tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
Qaysi yo’nalishda vakant joy borligini qayerdan bilsa bo’ladi?
Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Boshqacha aytganda, abituriyent 6-yo’nalishni tanlayotgan payti fanlar majmuasiga mos bo’lgan hamda vakant joyi mavjud bo’lgan yo’nalishlar ro’yxati avtomatik chiqadi. Qayerdandir tekshirib yurish shartmas. Agar tanlash uchun bironta yo’nalish chiqmasa, demak, o’sha fanlar majmuasiga mos keluvchi bironta vakant joy yo’q bo’ladi.
Bunda abituriyent quyidagi vakant qolgan o‘rinlar bo‘yicha 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin.
Vakant kunduzgi
KUNDUZGI ta’lim shakli bo’yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
Jami: 19 ming 279 ta;
Shundan, tillar kesimida:
O’zbek: 14 ming 437 ta;
Rus: 3 ming 830 ta;
Qoraqalpoq: 852 ta;
Qozoq: 77 ta;
Tojik: 25 ta;
Turkman: 34 ta;
Qirg’iz: 24 ta.
Vakant kechki ta’lim.
KECHKI ta’lim shakli bo’yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar.
Jami: 7 ming 58 ta;
Shundan, tillar kesimida:
O’zbek: 6 ming 130 ta;
Rus: 659 ta;
Qoraqalpoq: 269 ta.
Vakant masofaviy
MASOFAVIY ta’lim shakli bo’yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
<<Yuklab olish>>
Jami: 2 ming 544 ta;
Shundan, tillar kesimida:
O’zbek: 2 ming 49 ta;
Rus: 254 ta;
Qoraqalpoq: 241 ta.
Ro‘yxatdan o‘tish 3-oktyabrga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali davom etadi.
Tanlov natijalari 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.









