Talabalar uchun Super kontrakt narxlari 2025-2026

Super kontrakt narxlari 2025-2026

Sahifamizda 2025-2026-o’quv yili uchun super kontrakt narxlari keltirilgan. Har bir oliy ta’lim o’z super kontraktlari summasini e’lon qilmoqda. Tabaqalashtirilgan super kontrakt summasi  OTM lar bo’yicha.

Talabalar uchun Super kontrakt narxlari 2025-2026

Talabalar uchun Super kontrakt narxlari 2025-2026.

Joriy yil super-kontrakt miqdori OTM rektorlari tomonidan belgilanadi. Ancha arzonlashishi kutilmoqda.

Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

➖qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari -,Bunda (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

➖qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

Joriy o‘quv yilida tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdori rektorlar (direktorlar) tomonidan mustaqil belgilanishi amaliyotga joriy etildi.

💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

OTM lar super kontrakt narxlari.

⬇️ Shunga ko‘ra, hozircha quyidagi oliygohlarda super kontrakt miqdorlari e’lon qilindi:

Andijon davlat texnika institutida — bazaviy to‘lov-kontraktning 3 baravaridan 4 baravarigacha 

Andijon davlat universitetida — 4 baravardan 6 baravargacha

Namangan davlat pedagogika institutida — 3,1 baravardan 6 baravargacha 

Termiz davlat universitetida — 4 baravardan 10 baravargacha 

Buxoro davlat texnika universiteti4 baravardan 6 baravargacha 

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 3 baravardan 5 baravargacha 

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti8 baravardan 15 baravargacha 

Jizzax politexnika instituti — 4 baravardan 6 baravargacha 

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti — 4 baravardan 6 baravargacha 

Milliy estrada san’ati instituti — 6 baravar 

Milliy rassomlik va dizayn instituti — 8 baravar 

Namangan davlat universiteti — 4 baravardan 12 baravargacha 

Namangan davlat texnika universiteti — 4 baravardan 5 baravargacha 

Qoraqalpoq davlat universiteti — 5 baravardan 10 baravargacha

Qoʻqon davlat universiteti — 6 baravardan 8 baravargacha 

Samarqand davlat pedagogika instituti — 5 baravardan 6 baravargacha 

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti — 4 baravar 

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali — 4 baravardan 6 baravargacha 

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — 5 baravardan 7 baravargacha 

Termiz davlat pedagogika instituti — 4 baravar 

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti — 5 baravar 

TATU Samarqand filiali — 4 baravardan 5 baravargacha 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali — 5 baravar 

Toshkent davlat texnika universiteti — 3,5 baravardan 4 baravargacha 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 6 baravardan 10 baravargacha

“TIQXMMI”  Milliy tadqiqot universiteti — 6 baravardan 19 baravargacha 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti — 3,5 baravar 

TKTI Yangiyer filiali — 3 baravardan 4 baravargacha

TTA Urganch filiali — 4 baravardan 12 baravargacha 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — 4 baravar 

Oʻzbekiston Milliy universiteti super kontrakt— 3 baravardan 8 baravargacha 

Shahrisabz davlat pedagogika instituti — 3,5 baravardan 6 baravargacha 

Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 5 baravardan 7 baravargacha

ℹ️ Eslatma: 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Kontrakt.edu.uz shartnoma olish yo’riqnomasi

manba.

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top