Sohibqiron – Amir Temur kelajak soati 29-mavzu.
Bugungi “Kelajak soati”miz buyuk tarixiy shaxs, yurtimiz faxri va milliy g‘ururimiz timsoli bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur hayoti va merosiga bag‘ishlanadi. Amir Temur nafaqat mohir sarkarda va yirik davlat arbobi, balki adolat, qat’iyat va bilimga intilish kabi yuksak fazilatlar egasi sifatida tarixda chuqur iz qoldirgan.
U barpo etgan ulkan saltanat, rivojlantirgan ilm-fan va madaniyat, bunyod etgan obidalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayniqsa, uning “Kuch adolatda” degan hikmati har birimiz uchun hayotiy dastur bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi uchrashuvimizdan ko‘zlangan maqsad — Amir Temur hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning boy merosidan ibrat olish hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat va ma’naviy barkamollik tuyg‘ularini shakllantirishdir.
Keling, ushbu kelajak soatida Sohibqiron hayot yo‘li, uning buyuk ishlari va biz uchun qoldirgan bebaho saboqlari haqida birgalikda fikr yuritamiz.
Kerakli ma’lumotlarni olish uchun kerakli matn ustiga bosing>>









