14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sherlari va tabriklar.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni yurtimizda katta hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. Ushbu muqaddas sana Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va kelajagi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur himoyachilarimizga bag‘ishlanadi. Shu munosabat bilan ushbu sahifada 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni uchun eng chiroyli, ma’noli va ta’sirli she’rlar, samimiy tabriklar hamda vatanparvarlik ruhidagi misralar jamlangan. Bu she’rlar bayram tadbirlarida, saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanish uchun qulaydir.
Vatan himoyachilari kuniga sher
Mart o’g’lonlar turar to’p,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig’dek asrar xo’p,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Har bir o’g’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O’z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo O’zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
O’zbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Ona –Vatan posbonlari.
Qadamidan o’t chaqnaydi,
Tomirida Temur qoni.
Shunqori bor el qo’rqmaydi,
Ortar olqish, sharf-shoni.
Alp –qomatli polvonlar,
Ona Vatan posbonlari!
-Vatanimiz O’zbekiston ,
Ushalmoqda armonlari.
Madhiyasi tilda doston,
Dardida em-darmonlari.
Ona –Vatan posbonlari!
Bayroq haqida sherlar – Vatan ramziga bag’ishlangan go’zal satrlar
Askar-askar o’ynaymiz.
-Askar-askar o’ynaymiz,
-Biz askar, biz askar.
-Askar-askar o’ynaymiz,
– Siz askar, siz askar.
-O’q otishga yo’l bo’lsin ,
-Qo’ymaymiz-qo’ymaymiz.
-Biz ham kichik qo’riqchi,
-Askarlarmiz, askarlar.
-Yurtimizni tinch-omon,
-Asraymiz, asraymiz.
Jajji askarlar.
Bizlar jajji askarlar ,
Yurt posboni navkarlar.
Yovga qilmaymiz shafqat ,
Qo’rqmas botir , shunqorlar .
Yelkamizda avtomat,
Turib navbatma-navbat.
Qo’riqlaymiz sarhadni,
Misli alpomish kelbat.
Jajji askarmiz hali,
Ko’rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi.
Amir Temur bobomiz.
Amir Temur bobomiz
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan
Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug’ bobojon!
Tinchlik posboni.
Siz borsizki osudadir hayotimiz.
Siz borsizki ko’ngil tinch-u xalq farovon.
Siz borsizki xotirjamdir har kunimiz.
Ming shukurkim siz bor uchun dil charog’on.
Men bo‘lajak askarman.
Erta turib, yugurib,
Kuch~quvvatga to‘laman.
Sport bilan do‘st bo‘lib,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Chap berib shamollarga,
Chegarada turaman.
Issiqdayam~qorlarda,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Temur bobomday qo‘rqmas,
Jaloliddinday qaytmas,
Ko‘rganlar qilar havas,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.
Alpomishdek botir, jasur yigitlar,
Arslon ham sizlardan dars olsa kerak.
Vatan uchun har nega qodir yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.
Siz sohibqironning vorislarisiz,
Kelajak kun sizga bog’liqdir, beshak.
Chayir va zabardast aziz o’g’lonlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!
Dunyoda bor ekan sizday o’glonlar,
Tinch va xotirjam uradi yurak.
Ko’ksi Vatan uchun qalqon yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak!
Chegarachi akam.
Vatan chagarasini,
Qo‘riqlaydi mard akam.
Buzmaydi va’dasini,
Yurtiga sodiq har dam.
Ko‘zlari misli lochin,
Begonani yo‘latmas.
Alpomishdayin u chin,
Dushmanidan tap tortmas.
Chegarada akam bor,
Men o‘qiyman baxtiyor.
Yaxshilarga do‘stu~yor,
Postida turar xushyor.
Mangu sodiq qolamiz.
Tabarruk ona tuproq
Bag’ishlaydi kuch bizga.
Shu Vatanni asramoq-
Eng muqaddas burch bizga.
Ulg’ayib eng oldingi
Saflardan joy olamiz.
Mardona qasamyod
Mangu sodiq qolamiz.
14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga tabrik sher.
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.
Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
14-Yanvarga askarlar, harbiylar uchun she’rlar.
Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at
Vatan himoyachisi haqida sherlar.
Mening akam harbiydir,
Vatan himoyachisi.
U jangovor komandir,
Uchqichning uchuvchisi.
Vatan sarhadlarini
Qo’riqlashar kunu tun.
Yov tumshug’in tiqolmas,
Yo’llari to’siq butun.
Men qahramon akamga,
Doim havas qilaman.
Voyaga yetsam agar
Men ham harbiy bo’laman.
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Qay makonda qay tomonda,
Tinimi yo‘q shom azonda,
Ne bo‘lsa xam issiq jonda,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Doim deydi uyim joyim,
Xalol mexnat qilsin doim,
Rizqin ulug‘ qil xudoyim,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Boshi g‘amdan egilmasin,
G‘urursiz orsiz bo‘lmasin,
Yigit xech qachon sinmasin,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Asra taqdir xatosidan,
Saqla shayton ig‘vosidan,
Ota ona duosidan,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Nasib et bir vafoli yor,
Xamrox bo‘lsin baxt-u iqbol,
Doim bo‘lsin to’leyi yor,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Ey yaratgan karami keng,
Sen barchaga barobar teng,
Shu o‘tinchim avvalo eng,
Yigit boshi omon bo‘lsin.
Armiyamiz mustahkam
Armiyamiz mustahkam,
Xalqparvardir chinakam,
Yurtimizda har askar,
Jasur, mard va xaloskor.
O’zbekiston o’g’loni,
Bo’lib tinchlik posboni,
Barcha ezgu insonni,
Sharaflaydi jahonni.









