Islom Karimovga bag'ishlangan sherlar to'plami

Islom Karimovga bag’ishlangan sherlar to’plami

Islom Karimovga bag'ishlangan sherlar to'plami

Islom Karimovga bag‘ishlangan she’rlar to‘plami.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov — O‘zbekiston mustaqilligi va davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan buyuk siymodir. Uning hayoti va faoliyati nafaqat tarixiy asarlarda, balki she’riy satrlarda ham chuqur ehtirom bilan aks etadi.

Ushbu sahifada Islom Karimovga bag‘ishlangan she’rlar, Islom Karimov xotirasiga atab bolalar uchun  sherlar to‘plami jamlangan bo‘lib, unda Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyasi, xalq taqdiri va buyuk yetakchiga bo‘lgan hurmat ifodalangan. Mazkur she’rlar xotira kechalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, maktab va oliy ta’lim muassasalari uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

Islom Karimov rasmlari 

Elegiya – Abdulla Oripov she’ri

 1-presidenti Islom Karimov vafot etgan kun xotirasiga. (1938–2016)

Bir teran andu bor yurakning karida,
Tobora sustlashar kungilning parvozi.
Bir otash guvranar olovlar baghrida,
Dilga o’t sochadi ayrilik ovozi…

Sabab mung egar emas, bulutlar parishoni,
Dakhri dun, senga ham tanishmi bu hislar.
Yo tarkab ketdimi muazzam Qaxkashon,
Oymomo kaerda, kaerda yulduzlar?

Yurt aza tutganda olis bir kitada,
Sen ham his qildingmi bir lahza kaiguni.
U munis zhilmaydi, kiskardi masofa,
El dilga joiladi munavvar tuyguni.

Behishtning qopkasi ochildi shu asno,
Kuksimga qildi, deb, Tangridan shaxodat.
Sen hamon alanglab, izlasan muammo,
Kay boshga solay, deb, ming bitta holokat…

Bunchalar sinaysan basharning bardoshin,
Kuz yoshin ichasan, tuldirib govuchni.
Bir onlik subbatning topsiding ilozhin,
Orgatib qiardi odamdek sevishni…

Yulduzsiz samoni hayolan tasvir et:
Chaplashib ketdimi boklar, tasavvur?
Tur, qora, ketmoqda, ortidan quvib et,
Muloyim zhilmaygan donishmand musavvir.

Vuzhudi shovkinga evrilgan, ay dunyo,
Aslingga qayt, dilga quloq sol bir lahza.
Tur, yugur ortidan, kilgancha tavallo,
Bitta muykalamin tilab ol, hech y’qsa…

Islom Karimov haqida sherlar.

Bu tuproqning farzandlari bek bo‘ladi,
Topgan-tutgan davlatlari erk bo‘ladi,
Ildizlari hazrati o‘zbek bo‘ladi,
Beshigida avliyolar o‘sgan elim,
Sadoqatni Yurtboshingdan o‘rgan, elim!

Unutmаsmiz sizni hech vаqt, hech qаchоn.

Yаshаgаysiz mаngu qаlblаrimizdа
Dоhiysiz biz uchun eng ulug’ insоn
Bаrhаyоt shоdligu g’аmlаrimizdа
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Kelаjаk аvlоdgа sizdаn esdаlik
Minglаb inshооtlаr, minоrlаr qоldi
Fаqаt bugun emаs, аbаd, ertаlik
Yаprоqlаri оltin chinоrlаr qоldi
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Obоd Vаtаn qоldi, оzоd yurt qоldi
Osmоnlаrdа uchib оppоr kаbutаrlаr
Bir umrlik elgа sizdаn qut qоldi
Qаbringizni quchib о’ssin nаstаrlаr
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Nimа desа desin mаyli g’аyurlаr
Oyоq yаlаng yurib tikаnli chо’ldа
Kо’zlаri nаm bоshi egik mа’yuslаr
Kuzаtishgаch sizni оxirgi yо’ldа
NURMUHAMMAD оldi qаlаmin qо’ldа.

Mangulik – Islom Karimov haqida.

Bir xabar tarqaldi,
Yarim tun edi,
Goʻyo gʻam seliga botdim, yoʻqoldim.
Kimdir yoʻlboshchidan ayrildik dedi,
Men-chi, aziz doʻstdan ayrilib qoldim.

Kimning xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam boʻgʻzimizda achchiq va taxir,
Bu gʻamning na cheki — chegarasi bor.

Ketdi nogahonda aytmay biror soʻz,
Hijron oloviga barchani tashlab.
Oʻzbek osmonida soʻndi choʻng yulduz,
Katta-yu kichikning koʻzini yoshlab.

Biz — noqis bandalar, oʻylamay goho,
Boshimiz silagan qoʻlni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
Oʻz emas, oʻzgalar uchun ishladik.

Biz — ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va koʻrib,
Begona zotlarga yasadik haykal.

Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning oʻrnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.

Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab oʻtdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga boʻloldi darmon.

Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin gʻurur yashar havas qilgulik.
Abadiyat oʻsdi koʻz oldimizda,
Shundoq yonimizdan oʻtdi Mangulik.

Islom Karimov haqida sherlar.

Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi,
Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi,
Olloh Sizga jannatni ato qiladi,
Vatan deb yonib kuygan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

O’zi uchun yashamas, bunday inson kam,
Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas
Kamtarlikda unga hech kim yetolmas,
Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik,
Yetuk, Olim ,farzand bo’lib yetishdik,
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik,
Tinchlik farishtasi Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Har fanda-jabhada sizdek topilmas,
O’zbek deb yurak yoqgan, odam topilmas
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas,
Kimligini ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Ilmini-zexnini meros qoldirgan,
Kichikka-kattani e’zoz qildirgan,
Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan,
Buyuklardan-buyuk Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Kattayu-kichikning mehrin qozongan,
Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan,
O’zbek elini dunyoga tanitgan,
O’zbekiston faxri Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Islom Karimovga atab-Abdulla Oripov she’ri.

Siz о’zbek xаlqining tоg’i edingiz
Suyаnаrdik bizlаr bоshimiz qо’yib
G’аrаz kimsаlаrning dоg’i edingiz
Qiynаlаrdi ulаr kо’ksini о’yib
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Uyqulаrni shirin tushgа о’rаrdik
Qilmаs edik g’аmni ixtiyоr
Vаtаn tepаsidа sizni kо’rаrdik
Siz tufаyli bizlаr edik bаxtiyоr
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Bаg’ringizgа bоsib, sevib аrdоqlаb
O’zbekistоn degаn Vаtаn nоmini
Hech kimgа bermаsdаn mаhkаm quchоqlаb
Tаrаtdingiz dunyоgа shuhrаt shоnini
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Butun jаhоn bugun tаnidi bizni
Xudо sizgа nаzаr sоlgаni bоis
Nаbirаlаringiz оqlаdi tuzni
Nаsihаtlаringiz оlib yuz fоiz
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Tepаmizdа оtаm tаxtim bоr derdik
Qо’rqmаs edik hech kimdаn, qо’rqmа derdingiz
Ming shukur tinch yurtim, bаxtim bоr derdik
Sherni turtib, tulkini о’pmа derdingiz
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

O’g’lim, qizim, kelinim men hаm yig’lаdim
Tо’qsоn yоshli оnаm titrаb yig’lаdi
Umri bir аsrgа teng hаm yig’lаdi
Yоrug’ оlаm оh urib, ingrаb yig’lаdi
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn.

Islom Karimov hayoti, faoliyati birinchi Prezident haqida ma’lumot

Islom Otam shohim otam.

Ming o‘rgilay Islom ota, mehringizdan,
Tushlarimga kirib turgan chehrangizdan.
Madad so‘rab tiz cho‘kaman ruhingizdan,
Avliyoga tenglashtirgum ismingizni,
Rahmatiga olsin Xudo bugun Sizni.

Asriy mudroq erk qushini o‘yg‘otgan Siz,
Temirbekka xos jasorat ko‘rsatgan Siz,
Yurtni asli sevishni-ku o‘rgatgan Siz,
Ruhingiz shod bo‘lsin, endi jonim, Otam,
Yo‘lingiz nur, xokingiz gul shonim Otam.

Qabringizda oq atirgul gullamoqda,
Farzandlarin ota ruhi qo‘llamoqda,
Buyuk g‘oya xalqni baxtga yo‘llamoqda!
Mustaqillik karvoniga sarbon, otam,
Endi yurak so‘zlaringiz armon! Otam.

“Otam” deya to‘qson yoshli onam yig‘lar,
O‘zbekiston motamsaro, olam yig‘lar,
Ko‘ngildagi adog‘i yo‘q nolam yig‘lar.
Suyanganim, ishonganim bog‘im, Otam.
Vatan uchun qalqon bo‘lgan tog‘im Otam.

Xato qilsak, himmat bilan tuzatdingiz,
Muhtojlarga imdod  qo‘lin  uzatdingiz.
Johil dunyo o‘yinlarin yeuzatdingiz…
Siz ko‘zlagan manzil yaqin, Islom otam.
El qalbida yashagaysiz mudom Otam.

Hech bir jabha nazardan–ku qolmadi-ya,
Ozod Vatan deya yurak tolmadi-ya,
Yonib  yashab halovatni bilmadi-ya,
Asrga teng Davlat qurgan shohim Otam
Navro‘z,  Hayit hadya etgan jonim Otam.

Goh ekranda chehrangizni ko‘rganda biz,
Yodimizda, yonimizda yurgandaysiz,
Hamon bizga yo‘l ko‘rsatib turgandaysiz,
Siz ko‘zlagan manzil  yaqin, Islom otam,
El qalbida yashagaysiz mangu mudom, Otam.

O‘rgilayin ming bor o‘pay poyingizdan,
Gullar o‘ssin, Ota yotgan joyingizdan.
Ruhlanamiz bergan buyuk g‘oyangizdan,
Siz qurgan yurt mingga kirsin shonim Otam,
Obod yurtim baxtga to‘lsin shohim Otam.

Bormoqdamiz Siz qoldirgan nurli izdan,
Otajonim, rozi bo‘ling o‘g‘il-qizdan.
Ona xalqim yuz ming bora rozi Sizdan,
Oxirati obod bo‘lgan sulton Otam,
Mangu yashnar sizdan meros bo‘ston, Otam.

Islom Karimv xotirasiga atab – Iqbol Mirzo sheri.

Samarqandda Ulug’bek ko’zyoshiga cho’mdim men,
Lavhul Mahzunni o’ylab, Xaq amriga ko’ndim men.
Yer usti boyliklarin, tortar ekan yer osti,
Xizr yoniga nodir xazinamni ko’mdim men.

Yana tonglar otib kun kulgaymi-kulmagaymi,
Kimni boy berdi dunyo, bilgaymi-bilmagaymi?
Sayyoralar yuz yilda yozarkan bir dasturxon,
Bunday mexmon ming yilda kelgaymi-kelmagaymi?

Yurt boshiga tosh tushsa, Yurtboshiga tegar tosh,
Yurtboshidan tosh uchsa, Yurtboshiga tegar tosh.
Mana, toshyuraklar xam eridi sel-sel bo’lib,
Mana, ko’zi qizarib, elka silkib egar bosh.

Registon maydonida tush ko’rganday yurdim men,
Uyg’onay deb yuzimga ko’zyoshdan suv urdim men.
Shoxizinda yonida farishtaday oqsoqol,
«Etim qoldim, otam», deb bo’zlaganin ko’rdim men.

Shirin jonin bug’doyday yerga sochgan otam-a,
Ma’naviyat durlarin dilga sochgan otam-a.
So’ngi nafasigacha yurtim deb yongan olov,
Umrini xarjlab-xarjlab, elga sochgan otam-a.

Yig’lasang xam mung’ayma, g’anim xandon bo’lmasin,
O’zingni yig’, bardam bo’l, qadding kamon bo’lmasin.
To’n kiyib bel bog’lasa kurashga kirgay o’zbek,
O’zbekiston, jigarim, ko’ngling yomon bo’lmasin.

Chaqmoqdek musibatga tog’-u toshdek bardosh bor,
Yelkangga boshin qo’ygan qavmi inson, qardosh bor.
Otaning g’oyalari qoyalardek mangulik,
Sheri mardga munosib, arslonpanja izdosh bor.

Yuraklarga quvvatdir, yoniq shon-u shukuhi,
Birlashtirdi hattoki elni qayg’u-anduxi.
Yodi xamisha yodda, ismi tillarda duo,
Xumoqushga aylanib yog’du sochadi ruxi.

Bu xayot abadiydir jilg’a soyiga yetdi,
Jannat barpo etgan zot jannatjoyiga ketdi.
O’zi bizga qaytargan daxolarning yoniga,
Buyuk Soxibquronning qurultoyiga ketdi.

Alisher Navoiy ruboiylari – ma’noli, ibratli va mashhur ruboiylar to’plami

Darsliklar
Sherlar
Insho
Insho
Maqollar
Maqollar
Telegram
Scroll to Top